SHAHZOD SOBIROV – NUFUZLI TURNIR G‘OLIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Fransiya poytaxti Parijda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Shahzod Sobirov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Saksondan ziyod davlatdan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli turnirning vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Shahzod Sobirov chexiyalik Yaromir Musil, vengriyalik Shzabols Krijan, gollandiyalik Frank de Vit, mo‘g‘ulistonlik Uuganbaatar Otgonbaatarni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi musobaqada rossiyalik Sergey Ryabov ustidan g‘alaba qozongan hamyurtimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida qatnashgan yana bir hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev kanadalik Serjio Pessoa, turkiyalik Bakir Ozlu, braziliyalik Erik Takabatake va shveytsariyalik Lyudovik Chammartinni yengib, bronza medal bilan taqdirlandi.
Bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy oldi.
"Jahon" AA, Parij