Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shahzoda Saud bin Xolid Ol Saud: O‘zbekistonning maftunkor tabiati va betakror taomlari har qanday saudiyalik sayyohni o‘ziga rom etadi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shahzoda Saud bin Xolid Ol Saud: O‘zbekistonning maftunkor tabiati va betakror taomlari har qanday saudiyalik sayyohni o‘ziga rom etadi

Riyoz shahrida mamlakatimizning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muhtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov ushbu davlatning Madinai Munavvara viloyati Amiri o‘rinbosari shahzoda Saud bin Xolid Ol Saud bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati muhokama etildi hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, birgalikda o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. O‘z navbatida, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma korxonalar soni va mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir chog‘ida shahzoda Saud bin Xolid O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘z navbatida, u 2018 yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlari forumi hamda uning doirasida “B2B” shaklida tashkil etilgan kooperatsiya birjalari ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida ilgari surgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qilganligiga shahzoda Saud bin Xolid katta qiziqish bildirdi va hujjatda «bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni o‘rnatish, diniy erkinlikni ta’minlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish hamda ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik"ka chorlovchilar o‘z vaqtida qabul etilganligi va bu tashabbus nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon olami hamda dunyo hamjamiyati uchun muhimligini ham qayd etdi.

Shahzoda Saud bin Xolid davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim sohalarining rivojlantirilishi bilan bir qatorda, islom madaniyati, umumbashariy sivilizatsiya rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirrali boy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining barpo etilishini yuqori baholadi. Ushbu Markaz qoshida oliy diniy ta’lim muassasasi – Hadis ilmi maktabining bunyod etilishi yuksak tahsinga sazovor ekanligini ham alohida ta’kidladi.

— Yurtingizda tashkil etilgan Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Mir Arab oliy madrasasi islom madaniyati hamda ilmiy merosini o‘rganish yo‘lidagi O‘zbekiston rahbariyatining muhim va naqadar savobli qadamlaridir, - dedi shahzoda.

Suhbat davomida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash, islom ilm-fani va madaniyatining bebaho durdonalari bo‘lmish boy ma’naviy merosimizni saqlash, o‘rganish, insoniyatga ezgu g‘oya hamda ta’limotlarini yetkazishga katta e’tibor qaratilayotgani haqida ham so‘z yuritildi. Shu o‘rinda, Makka va Madina shaharlarida joylashgan ikki muqaddas masjid imomlari va bir qator diniy arboblardan tashkil topgan delegatsiyani O‘zbekiston zaminiga tashrifini rejalashtirish haqida fikr almashildi.

«2011 yilda yurtingizga bo‘lgan tashrifim chog‘ida shaxsan ko‘rib tanishganim va his etganim bois, O‘zbekistonni tarixiy, ilmiy, badiiy va o‘ziga xos madaniy merosga ega bo‘lgan davlat hamda insoniyat taraqqiyoti va jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan yurt, deb ayta olaman.

Shu o‘rinda, O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar albatta dolzarb masaladir. Ona-yurtingizni musaffo osmoni va suvlari, go‘zal va maftunkor tabiati hamda mazali taomlari har qanday saudiyalik sayyohni o‘ziga rom etadi.

Ikkitomonlama madaniy-gumanitar aloqalarimizni rivojlantirishda Madinai Munavvara viloyatida joylashgan bir qator muzey va kutubxonalarda mavjud bo‘lgan hamda O‘zbekistonda saqlanayotgan bebaho qo‘lyozmalarni birgalikda o‘rganish, mamlakatlarimizdagi xattotlik san’ati yo‘nalishida tajriba almashishni maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.

Yozuv sirlarini anglash, xat jihati va imlo xususiyatlarini o‘zlashtirish orqali esa biz xalqlarimizning uzoq asrlik tarixi, madaniyati, san’ati, tili va adabiyoti, qadimiy qo‘lyozmalari, o‘n minglab tarixiy obidalarimizni chuqur o‘rganish imkoniga ega bo‘lamiz», - dedi shahzoda Saud bin Xolid.

“Dunyo” AA