SHANXAY SEHRI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkent Fotosuratlar uyida «Shanxay sehri» deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Shanxay shahri munitsipial hokimiyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaning ochilishida turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Turdiqulov va boshqalar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar barcha jabhalar qatori madaniyat sohasida ham izchil rivojlanayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi.
Mazkur ko‘rgazma mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning yana bir yorqin ifodasidir. Ikki mamlakat ijodkorlari tomonidan yaratilgan bu asarlarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar rivoji, hamkorlikda turli jabhalarda erishilgan yutuqlar o‘z aksini topgan.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan yetmishdan ortiq «Shanxay tongi», «Zamonaviy raqs», «Shanxay kino muzeyi», «Xiva», «Buxoro», «Samarqand» va boshqa fotosuratlarda Shanxay va O‘zbekistonning go‘zal shaharlari, mahalliy aholining urf-odatlari, xalqlarning tarixi va milliy o‘ziga xosligi, bunyodkorlik inshootlari, sanoat obyektlari tasvirlangan.
Ko‘rgazma doirasida Shanxay shahar kutubxonasi va Shanxay xorijiy tillar universiteti tomonidan Samarqand shahridagi Konfutsiy instituti uchun xitoy xalqi urf-odatlari va an’analari, Shanxay shahrining iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga bag‘ishlangan kitoblar, audio va videomateriallar taqdimoti bo‘ldi.
O’zA