Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHANXAY XALQARO TADQIQOTLAR UNIVERSITETIDA O’ZBEK TILI KAFEDRASI OCHILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHANXAY XALQARO TADQIQOTLAR UNIVERSITETIDA O'ZBEK TILI KAFEDRASI OCHILDI

Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti veb-portalida mazkur oliygohda o’zbek tili kafedrasining tantanali ochilish marosimiga bag’ishlangan maqola chop etildi.

Maqolada kafedrani tashkil etishdan asosiy maqsad ikkitomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish va mintaqashunoslik sohasidagi tadqiqotlarga ko’maklashish ekanligi ta’kidlangan. Loyiha joriy yilning may oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy oliy o’quv yurti delegatsiyasi bilan erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirildi.

“O’zbekiston chuqur tarix va ajoyib milliy urf odatlarga boy davlatlardan biridir. O’zbek tilini o’rganish esa xitoylik talabalar uchun mamlakat va Markaziy Osiyoning qadimiy tarixini yanada yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi”, - deb yozmoqda manba.

Nashrda Xitoy va O’zbekiston tomoni ikkitomonlama strategik sherikchilik munosabarlarini olg’a rivojlanitirish barobarida o’zaro ta’lim va gumanitar almashinuv sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklari alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur jarayonda universitetda tashkil etilgan o’zbek tili kafedrasi muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etilgan.

“Tantanali marosimdan so’ng kafedraning ilk maruzasi tashkil qilindi. Shanxay oliy o’quv yurtida “O’zbek tili” o’quv fani umumiy fakultativ fan sifatida barcha talaba va o’qituvchilar uchun ochiqdir”, - deya xulosa qilinadi maqolada.

“Jahon” AA, Shanxay