SHANXAY XALQARO TADQIQOTLAR UNIVERSITETIDA O’ZBEK TILI KAFEDRASI OCHILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti (SHISU) veb-sahifasida “O’zbekistonning eng yangi tarixi va Xitoy bilan nuqtai nazarlar mushtarakligiga asoslangan hamkorligi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Unda O’zbekiston davlatchiligining qaror topishi va rivojlanishi jarayonlari hamda O’zbekiston - Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari haqidagi fikr-mulohazalar qalamga olingan.
Maqolada zamonaviy o’zbek davlatchiligining qaror topishi - mamlakatning eng yangi tarixidagi burilish nuqtasi ekanligi qayd qilingan. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlaboq respublika ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asnosidagi mashhur besh tamoyilga tayangan o’z taraqqiyot modelini tanlab olgani holda fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurish yo’lida islohotlarni izchil hayotga tadbiq etib kelayotgani o’quvchilarning e’tiboriga havola qilingan.
Unda respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy bosqichlari haqidagi ma’lumotlar atroflicha o’z ifodasini topgan. Ma’lum qilinganidek, 1991 - 2000 yillar o’tish davrining birinchi navbatdagi islohotlari va o’zgarishlari hamda yangi davlatchilik va milliy iqtisodiyotni shakllantirish davri bo’ldi. Tarixan qisqa muddat ichida mamlakatda mustaqil davlatni shakllantirish uchun mustahkam qonuniy-huquqiy zamin yaratildi. Bunda suverenlik, milliy qadriyatlarni, urf-odat va an’analarni, xalq mentalitetiga nisbatan hurmat bilan munosabatni qayta tiklash yangi jamiyatga o’tishning asosiy sharti bo’ldi.
So’ngra 2001 - 2010 yilar davomida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish bo’yicha ishlar davom ettirilgani alohida qayd etiladi. Islohotlar natijasida davlat va jamiyat qurilishida, jumladan, boshqaruv tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishilgani ma’lum qilinadi.
“Bu davr ichida tubdan tizimli o’zgarishlar ro’y berdi, xususiy tadbirkorlik ustuvor rivojlanish kasb etgan ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi, deb yozadi SHISU. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozorni kerakli tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaydigan, odamlar daromadi va farovonligini oshiradigan asosiy manbaga aylangani holda mamlakat iqtisodiyotida belgilovchi o’rinni egalladi”.
Maqolada 2010 yil noyabr oyida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasining qabul qilingani yangi bosqichni boshlab bergani alohida ta’kidlanadi.
Shuningdek, unda davlatimiz yuritayotgan tashqi siyosat haqida fikr yuritilar ekan, O’zbekiston dunyoning ko’pgina mamlakatlari bilan do’stona aloqalarni yo’lga qo’ygani ham o’z e’tirofini topgan.
“Respublika Markaziy Osiyo mintaqasi ishlarida ulkan o’ringa va ta’sirga egadir, deb yozadi SHISU. U Xitoy Xalq Respublikasining muhim hamkori hisoblanadi. Har ikki tomon o’zaro manfaatga molik bo’lgan turli masalalar yuzasidan bir-birini qo’llab-quvvatlaydi”.
Maqolada Xitoy biznes-sub’yektlarining O’zbekistondagi faoliyatiga yuqori baho berilgan. Ma’lum qilinganidek, “Jizzax” maxsus industrial zonasida Xitoyning «Xuavey», «ZTE», «Venchjou Szinshen», «Xanchjou Djongvu Elektronik Meters» singari kompaniyalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mashinasozlik, energetika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida ko’pgina sarmoyaviy loyihalarni hayotga tadbiq etmoqda.
Yuqoridagilar bilan birga, mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishiga oid ma’lumotlar ham e’tibordan chetda qolmagan. “2005 yili Toshkentda, 2014 yili Samarqandda ochilgan Konfutsiy institutlarida yuzlab tinglovchilar ta’lim olishmoqda. 2013 yildan boshlab Shanxay universiteti huzuridagi ShHT Jamoat diplomatiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bazasida «O’zbekiston tadqiqotlari va ma’rifiy almashuvlar markazi» faoliyat ko’rsatmoqda. Joriy yilning kuzida Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universitetida o’zbek tili kafedrasi ish boshlaydi”, deya xabar beradi SHISU veb-sahifasi.
“Jahon” AA, Shanxay