SHANXAYDA O’ZBEK RESTORANI OCHILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O’zbek oshxonasi azaldan rang-barangligi va boy ta’mga egaligi bilan shuhrat qozongan. Endi uning mislsiz sifati bilan shanxayliklar ham bahra olishlari mumkin - ushbu megapolisda “Xiva” nomli o’zbek restorani ish boshladi.
Uning tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Muhim voqyea bilan qutlar ekan, Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi targ’ibоt departamenti direktori Li Ixay Xitoyda O’zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.
— Joriy yil ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqyealarga boy bo’ldi, - dedi L.Ixay. - Jumladan, dastlab Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti hududida buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoyining haykali ochildi. Keyin Shanxay kutubxonasida ikki hafta mobaynida “G’aroyib O’zbekiston” ko’rgazmasi namoyish etildi. Bugun esa bizga har biri pazandachilik san’atining durdonasi hisoblangan o’zbek oshxonasining lazzatli taomlaridan bahra olishning ajoyib imkoniyati berildi. Albatta, biz bundan juda xursandmiz.
Tadbir mehmoni, Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti o’zbek tili kafedrasi mudiri U Ayjunning fikriga ko’ra, o’zbek taomlari o’z xushta’mligi va san’atkorona tayyorlanishi bilan alohida ajralib turadi.
— Endi kafedramiz tinglovchilari nafaqat o’zbek xalqining tili bilan tanishishadi, balki uning bebaho oshxonasida tayyorlanadigan taomlar mazasini ham tatib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishgani men uchun yoqimlidir. Shu bilan birga, Xiva nomi ularni O’zbekistonning, Buyuk Ipak yo’li davrida paydo bo’lgan yirik shaharlarning tarixini o’rganishga chorlab turadi. Somsa, palov, manti va boshqa ko’plab nozu ne’matlar shanxayliklar va Xitoyning ushbu yirik shahri mehmonlarini xursand qilishi shubhasiz.
“Jahon” AA, Shanxay