Shanxayda O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari taqdim etildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 25 oktabr kuni Shanxay shahrida (XXR) oldinda turgan yirik xalqaro iqtisodiy tadbir - Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi (China International Import Expo, 2018 yil 5-10 noyabr) arafasida “Shanxay ruhi”ni kuchaytirish, madaniyat va sayyohlik ravnaqiga ko‘maklashish” shiori ostida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda 200 nafardan ziyod taniqli olim va jamoat arboblari, Xitoyda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlari hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etdilar.
Mazkur xalqaro anjuman doirasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir “O‘zbekistonga xush kelibsiz” deb nomlandi.
Taqdimot chog‘ida mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganidan so‘ng yurtimizda mavjud sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va unga investitsiyalarni faol jalb etish, sohaga innovatsiya g‘oyalari va texnologiyalarini joriy qilish, mamlakatimizdagi boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosning mavjud resurslari hamda imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilayotgani xususida atroflicha fikr yuritildi.
Xususan, qisqa vaqt ichida respublikamizda sayyohlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, shu jumladan, O‘zbekistonning turizm jabhasini kompleks ravishda olg‘a surishga yo‘naltirilgan 20 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, ular o‘z navbatida, sayyohlik sohasidagi yangi davlat siyosatiga asos bo‘lgani holda jabhadagi sub’ektlarga katta e’tiborga molik soliq va bojxona imtiyozlari hamda afzalliklarini bergani alohida ta’kidlandi.
Ma’lumki, mamlakatimizdagi 7 mingdan ziyod me’moriy obida sayyohlar va butun dunyo ahlini o‘ziga jalb etib keladi. Shu bois mazkur ob’ektlarni zamonaviy sayyohlik maskanlariga aylantirish, xorijliklar va yurtdoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ba’zi davlatlar uchun viza tizimida qulaylik yaratilgani, bu borada elektron tizim yo‘lga qo‘yilgani, qisqa muddatlarda hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyati berilayotgani O‘zbekistonga borayotgan sayyohlar oqimini kengaytirish imkonini yaratayotgani qayd etildi.
Shu o‘rinda joriy yil 19-21 noyabr kunlari Toshkentda turizm sohasidagi birinchi Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tishi, bundan ko‘zlangan maqsad turizm sanoati sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, jabhaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat turizm sohasidagi boy salohiyatini potensial investorlar o‘rtasida targ‘ib qilish bilan izohlanishi, mazkur nufuzli forum ishida ko‘pdan-ko‘p chet el kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
Taqdimot chog‘ida Xivadagi «Ichon qal’a» majmuasi, madaniyatlar chorrahasi hisoblanadigan, butun dunyoga dong taratgan Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi.
“Dunyo” AA