Sharafli xizmatga taraddud
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Yosh chegarachilar” respublika harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Amudaryo, Xo‘jayli, Shumanay, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlari kasb-hunar kollejlari jamoalari bahslashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga qarashli harbiy qism, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qo‘ng‘irot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Qo‘ng‘irot” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
– Biz, yoshlar Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, uni himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifaga o‘zimizni tayyorlashimiz kerak, – deydi “Qo‘ng‘irot” jamoasi sardori O‘tkir Sultonov. – Bugungidek tadbirlar bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Shumanay qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jas jao‘ingerler”, Xo‘jayli agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Tinchlik posbonlari” jamoalari egalladi.