“SHARQ OHANGLARI” LITVANING “SUGARDAS” GAZETASI SAHIFALARIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Dunyo tamaddunlari madaniyati, san’ati va betakror me’morchiligini o’zida mujassam etgan jahonga mashxur qadimiy shaharlardan biri bo’lgan Samarqand asrlar davomida ilm-fan va ma’rifatning markazi bo’lib kelgan.
O’zining go’zalligi va ulug’vorligi bilan kishini maftun qiladigan ushbu shahar bugungi kunda ham bunyodkorlik ramzi hisoblanadi. Yaqinda Litva Respublikasining haftalik “Sugardas” gazetasi sahifalarida e’lon qilingan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan maqola anshunday so’zlar bilan boshlanadi.
“O’zbekistonda ikki yilda bir marotaba o’tkaziladigan musiqa bayrami tinchlik, do’stlik va ezgulikni tarannum etadi. Festival dunyoning turli burchaklarida sevib ijro etiladigan milliy kuy-qo’shiqlarni bir joyga jamlaydi. Bu yili tanlovda duyoning 60 dan ziyod mamlakatidan turli jamoalar va artistlar ishtirok etishdi, - deb yozadi litva gazetasi. – “Sharq taronalari” bu ko’plab betakror xalq ohanglarini tinglash mumkin bo’lgan dunyo bilan musiqiy muloqotdir.”
Maqolada tanlov bilan birgalikda Sharq xalqlari musiqa madaniyatlari umumiyligi mavzusiga bag’ishlangan ilmiy-nazariy anjuman ham tashkil qilingani aytib o’tilgan. Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad turli mamlakatlar musiqa san’ati taraqqiyoti va ularning o’xshash tomonlarini tahlil qilish hamda xalqlar o’rtasida do’stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat.
Shuningdek, materialda mazkur anjumanda Litva Respublikasidan Ch.Sasnauskas nomidagi san’at maktabi o’tuvchisi L.Urmanova-Vnukova ishtirok etgani haqida aytib o’tilgan. “Ushbu ajoyib musiqa bayramida qatnashar ekanman, litvalik musiqchilarga o’z chiqishlari bilan mazkur festivalda albatta ishtirok etishlarini so’ragan bo’lar edim”, - deya litvalik ishtirokchi so’zlaridan iqtibos keltirib o’tadi “Sugardas” gazetasi.
“Jahon” AA