“SHARQ TARONALARI”DO’STLIK VA HAMJIHATLIKNI MUSTAHKAMLASHGA XIZMAT QILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

San’at - yuraklarni zabt etib, uni ezgulikka to’ldiruvchi, mehr-muhabbat ulashuvchi kuch. San’atga, kuy-qo’shiqqa oshufta inson hamisha olijanob tuyg’ular og’ushida yashaydi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy san’atimiz yurtimiz va jahon miqyosida shakllangan, davrlar sinovidan o’tib kelayotgan an’ana va tajribalar asosida vujudga kelgan va kamol topgan.
Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g’azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo’g’ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o’z rasmi bilan nag’ma aytur erdi», deb yozgan. Ana shuning o’ziyoq qadimdan bu zaminda san’at, xususan, musiqa yuksak rivoj topganidan dalolatdir.
Xalqimizning kuy-qo’shiqqa, san’atga mehr-muhabbati, musiqa madaniyati oila muhitida shakllangan va rivojlangan. Bu barkamol avlodni tarbiyalash, farzandlar ongi va tafakkurida go’zal fazilatlar, ona yurtga sadoqat tuyg’usini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtboshimiz rahnamoligida san’atni har tomonlama ravnaq toptirish, o’sib kelayotgan navqiron avlodni milliy va jahon san’ati durdonalaridan keng bahramand etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o’rganish, uni yosh avlodga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam o’tkazib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali xalqlar o’rtasida do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o’zbek milliy musiqa san’ati shuhratini xalqaro miqyosda yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Mazkur festivaldagi xonishlar qaysi tilda yangramasin, ularda ona Vatan, tinchlik, mehr-muhabbat, milliy an’ana va urf-odatlar tarannum etiladi. Bu dunyo xalqlarining milliy musiqa san’ati va qo’shiqchiligi an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, tili, madaniyati, urf-odatlari turfa millat va elatlarni san’at vositasida birlashtirish, ularni go’zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
“Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik ko’radigan har bir millat vakili avvalo milliy musiqa tarixiga nazar soladi. Bu muhtasham Registon maydonida go’zallik va nafosatni ulug’laydigan, inson qalbining eng nozik nuqtalariga yetib boradigan asarlar ijro etilishi mas’uliyati bilan bog’liqdir.
Dunyo ahli ushbu festivalda o’zbek mumtoz san’ati namunalarini katta qiziqish va e’tibor bilan tinglaydi. Shu bois san’atkorlarimiz ijro etayotgan asarlari orqali Vatanimiz, uning boy tarixi, mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlarimiz, el-yurtimizning ma’naviy ildizlarini ifoda etishga harakat qiladi.
Festivalning yana bir muhim jihati, milliy hunarmandlik buyumlarimiz ko’rgazmasi, tarixiy qadamjolarga, zamonaviy ob’yektlarga sayohatlar va san’atga oid konferensiyaning o’tkazilishidir.
2009 yili “Sharq taronalari” VII xalqaro musiqa festivalida maqom yo’nalishidagi “Yolg’iz” ashulasi hamda “Ko’zim shahloga tushdi” qo’shig’ini ijro etgandim. Bu qo’shiqlar turli millat vakillari hay’at a’zolari tomonidan samimiy kutib olinganini va birinchi o’ringa loyiq ko’rilganimni chuqur hayajon bilan eslayman.
Ijodiy faoliyatim davomida erishgan yutuqlarim orasida “Sharq taronalari” musiqa festivalidagi muvaffaqiyatim, ayniqsa, qadrli. Bugun baralla ayta olamanki, menga bildirilgan bu yuksak ishonch yangi-yangi marralarni qo’lga kiritishimda turtki bo’ldi.
Ustoz uchun shogirdlarining yutuqlarini ko’rishdan-da ortiq baxt yo’q. O’tgan yillar davomida ushbu festivalda san’atga oshno ko’plab yoshlarimiz - Gulzoda Xudoynazarova, Furqat Ashuraliyev, Elmurod Ahmedov mumtoz navolardan ijro etdi. Bu yil ularning safi yanada kengayishi shubhasiz.
Maqomchilar ansambli bilan birgalikda “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
Eng ulug’, eng aziz bayramimiz - Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida o’tadigan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali ham ishtirokchilar, ham muxlislar uchun unutilmas voqyealarga boy bo’lishi shubhasizdir.