“SHARQ TARONALARI” JANUBIY KOREYA TELEKANALIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Janubiy Koreyaning “Yonhap News” telekanilida Samarqandda bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan maxsus ko’rsatuv namoyish etildi.
Muxbirlar Kang Sung Chul va Shin Yong Xilar tomonidan tayyorlangan teledasturda mazkur festivalning asosiy sahnasi hisoblangan Registon maydoni yurtimizning sayyohlik brendi hisoblanishi haqida aytib o’tilgan.
Bu singari madaniy tadbirlar bir vaqtning o’zida turli davlatlardan ko’p sonli ijodiy jamoalarni bir joyga jamlashi, ularning ijodidan bahramand bo’lish hamda san’atkorlar uchun hamkasblar bilan fikr almashish va o’z chiqishlarini yanada mukammallashtirish uchun imkon berishi bilan har bir san’at ixlosmandi uchun doimo qiziqarli bo’lib kelgan. Bu madaniy aloqalarni rivojlanishiga hamda xalqlar orasidagi tinchlik va do’stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Teledasturda mazkur festivalda dunyoning 66 davlatidan 350 ishtirokchi qatnashgani ta’kidlab o’tilgan. Unda Janubiy Koreyadan “Poong Ryu” an’anaviy san’at musiqa guruhi a’zolari qadimiy koreya cholg’u asboblari - “Komungo”, “kayagim”, “hegim”, “tegim”, “jango” va “ajeng”da “Kuyim Shinashy” mumtoz qo’shig’ini ijro etish bilan o’z mahoratini namoyish qildilar.
Shuningdek, ko’rsatuvda koreyalik muhbirlar Samarqanddagi festival markaziy sahna maydoni tomoshabinlar bilan gavjum bo’lgani haqida aytib o’tganlar. Unda forum mehmonlari va ishtirokchilar, san’at arboblari va ixlosmandlari, musiqashunoslar, xalqaro va mahalliy jurnalistlar hamda sayyohlar hozir bo’lishdi.
Maxsus reportajdan Janubiy Koreyalik ishtirokchilar bergan intervyular ham o’rin olgan.
— Yirik san’at forumi hisoblangan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish biz uchun ulkan sharaf, - deydi “Poong Ryu” an’anaviy san’at musiqa guruhi rahbari Chong Xva Li. – Bu yerga kelgan ishtirokchilar va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratib berilgan. Bu O’zbekistonda hukumat tomonidan san’at arboblari har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Ko’rsatuvda janubiy koreyalik san’atkorlarning chiqishlari hamda festival ochilish marosimi aks etgan ajoyib lavhalar tomoshabinlar e’tiborini o’ziga tortadi. “Yonhap News” telekanili bundan oldingi musiqa festivalida mamlakat sharifini Jonggang univeristetit truppasi himoya qilgani haqida aytib o’tadi.
“Jahon” AA, Seul