“SHARQ TARONALARI” LATVIYA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Latviyaning qator ommaviy axborot vositalarida joriy yil 25 – 30-avgust kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali mavzusiga bag’ishlangan maqola va reportajlar e’lon qilindi.
Jumladan, “Otkritiy gorod” xalqaro jurnalining veb-sahifasida hamda “Baltic News Service” (Baltiya yangiliklar xizmati-BNS) internet portalida “Samarqand festivali Baltiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog’ladi” va “Qit’alarni bir-biriga boғlagan festival” sarlavhali maqolalar e’lon qilindi. Ularda qayd etilganidek, ushbu ajoyib tarixiy shaharda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sharq taronalari” deb nomlangan yirik halqaro musiqa forumi YUNESKO shafe’ligida har ikki yilda o’tkaziladi. “Bu yil ushbu muqaddas zamindagi afsonaviy shaharga dunyoning 66 mamlakati vakillari, jumladan, Latviya, Litva va Estoniyadan san’atkorlar kelishdi. Mazkur festivalni 200 nafardan ziyod mahalliy va xorijiy jurnalistlar yoritishdi. YUNESKO Bosh direktorining o’rinbosari Erik Falt ushbu madaniy anjumanning asosiy mehmoni bo’ldi”.
Ma’lum qilinganidek, mazkur san’at bayramiga uning ishtirokchilarini o’z xalqlarining an’anaviy musiqa madaniyati bilan tanishtirish uchun turli qit’alardan ijrochilar va folklor jamoalari kelishadi. Bu yil mahobatli Registon maydoni sahnasida Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi malakatlaridan kelgan kuy-qo’shiq ustalari o’z mahoratlarini namoyish etdilar. Ular orasida Portugaliya, Kosta-Rika, Peru, Sloveniya va Ekvador san’at ustalari ilk marotaba qatnashdilar.
Bundan tashqari, Latviyaning LTR 4 radiosi ham Litvadagi “Sutaras” guruhi bilan birga bu yil Samarqandda bo’lgan Vladimir Reshetov ishtirokidagi dasturni efirga uzatdi. U o’z ko’zi bilan ko’rgan aql bovar qilmas tomoshadan - go’zal musiqa bayramidan orttirgan taassurotlarini radio tinglovchilar bilan atroflicha o’rtoqlashdi.
Latviya ommaviy axborot vositalarida alohida ta’kidlanganidek, musiqa san’atining o’ziga xos markaziga aylangan “Sharq taronalari” milliy kuy-qo’shiq san’atining noyob namunalarini keng targ’ib etish asnosida turli tillar, dinlar va urf-odatlarga ega bo’lgan xalqlarni birlashtirishga ko’maklashmoqda. “Ushbu festivalning YUNESKO xalqaro madaniy tadbirlari ro’yxatiga kiritilgani uning yuksak siyosiy va ma’naviy ahamiyatidan dalolat beradi”, deb yozadi Latviya ommaviy axborot vositalari.
“Jahon” AA, Riga