Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“SHARQ TARONALARI” UMRIMIZNING OXIRIGACHA XOTIRALARIMIZDA O’CHMAS IZ QOLDIRISHIGA ISHONCHIMIZ KOMIL”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“SHARQ TARONALARI” UMRIMIZNING OXIRIGACHA XOTIRALARIMIZDA O'CHMAS IZ QOLDIRISHIGA ISHONCHIMIZ KOMIL”

Bu yil o’ninchi marotaba o’tkaziladigan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida Hindistondagi “Dilrang” mumtoz vokal guruhi hind xalqining o’ziga xos san’ati namunalarini namoyish etadi.

Mumbay shtatida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur guruhning badiiy rahbari va yakkaxon xonandasi Vajohat Husayn Xon O’zbekistonga safari oldidan Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan xalqaro musiqa bayramining ahamiyati va kutayotgan natijalari haqidagi fikrlarini “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bayon etdi.

— Shu paytga qadar qator xalqaro musiqa festivallarida qatnashganimga qaramay, “Sharq taronalari”da hind san’atini namoyish etish meni hayajonga solayotganini yashira olmayman, - dedi u. - Bu bejiz bo’lmasa kerak. Negaki bugun “Sharq taronalari” festivali dunyodagi eng yirik xalqaro musiqa anjumanlaridan biridir. Unda Yer sharining 60 dan ortiq mamlakatidan keladigan eng kuchli, tanlangan san’at ustalari o’z mahoratlarini namoyon etishadi. Qolaversa, O’zbekistonning tarixiy go’shalari, xususan, Samarqand men uzoq yillardan buyon ziyorat qilishni orzu qilgan shahar sanaladi.

Bugungi O’zbekiston zamini Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Al Beruniy, Al Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi ko’plab buyuk alloma va mutafakkirlarga beshik bo’lgan, ularni tarbiyalagan qutlug’ zamindir. Ular dunyo ilm-fani, madaniyat va ma’naviyat, davlatchilik, shaharsozlik va san’at rivojiga bebaho hissa qo’shganlar.

Bugungi kunlarda yurtingizda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan masalalar, sud-huquq, tibbiyot, maorif, qishloq xo’jaligi kabi sohalar taraqqiyotiga xizmat qiladigan yirik ilmiy va amaliy anjumanlar jahon olimlari va mutaxassislari ishtirokida tez-tez o’tkazib kelinayotir. “Sharq taronalari” kabi nufuzli san’at forumining tashkil etilgani ham tabarruk yurtda tarixiy-ma’naviy an’analar bardavom ekanligidan dalolat beradi.

“Sharq taronalari” sahnasida ijro etadigan madaniy dasturimizdan Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Xisrav Dehlaviy kabi Sharqning yetuk shoirlarining g’azallari asosida kuyga solingan qo’shiqlar o’rin olgan. Bizlar uchun xalqimiz san’atini dunyo jamoatchiligi vakillari oldida namoyish etish imkoniyatini yaratib bergan anjuman tashkilotchilariga o’z minnatdorligimizni bildiramiz. Umid qilamizki, chiqishlarimiz O’zbekiston xalqi va festival hay’ati a’zolari tomonidan munosib baholanadi va biz yurtimizga muvaffaqiyatlar bilan qaytamiz. “Sharq taronalari” umrimizning oxirigacha xotiralarimizda o’chmas iz qoldirishiga ishonchimiz komil.

«Jahon» AA, Dehli