Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo’lib o‘tishi haqida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o‘tishi haqida

YUNESKO shafeligida 26-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o’tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 26-30-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida dunyoning 70 ga yaqin (1-avgust holatida 62 ta davlat festivalda ishtirok etish xohishini bildirgan, ayni kunlarda festivalda qatnashish uchun arizalar kelishi davom etmoqda) mamlakatlaridan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilmoqda.
Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.
“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida quyidagi dastur asosida ish olib borish rejalashtirilgan:
26–avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishlari kutilmoqda.
27-28-29-avgust kunlari (soat 19:00da) “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Ma’lumot uchun. ( 354-сон 25.04.2019. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (lex.uz))
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Xalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etiladi.
Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Tanlovda chiqish uchun tarkibi 12 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan cholg‘u ansambli jonli tarzda jo‘r bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-pri” — 10 000 AQSH dollari;
I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSH dollari;
II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSH dollari;
III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSH dollari;
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi.
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina “Gran-pri” mukofoti bo‘linmaydi, I, II va III o‘rinlar pul mukofotlari bo‘linishi mumkin.
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali diplomanti diplomi beriladi.
Tanlov sovrindorlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishlari lozim.
Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali faol ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Eslatma: Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
30-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda, g‘oliblar e’lon qilinib taqdirlanadi.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 1997-yildan 2019-yilga qadar g‘oliblar (I va XII festivallar) roʻyxati

"Sharq taronalari" I xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1997-yil
Egallagan oʻrni Ismi-familiyasi Qaysi davlatdan Mukofotlar (AQSH $)
Gran pri Simara Imanova Ozarbayjon 10.000
1-oʻrin Munojat Yo’lchiyeva O’zbekiston 5000
Shannu Khurana Hindiston 5000
2-oʻrin Se Liin Xitoy 3500
Shahrom Noziriy Eron 3500
3-oʻrin Aleksandr Samojikov Rossiya 2000
B.Ganbat Moʻgʻuliston 2000
Ramazan Stamgaziyev Qozogʻiston 2000
Hakamlarning maxsus sovrini Turkmaniston musiqiy guruhi "Neksiya" avtomobili
Misr milliy musiqa ansambli
YUNESKO sovrini Afgʻoniston musiqiy guruhi
"Sharq taronalari" II xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1999-yil
Gran pri Nasiba Sattorova Oʻzbekiston 10.000
1-oʻrin Muhammad Omon Saudiya Arabistoni 7000
Yun Kong Son Koreya 7000
2-oʻrin “Lashari” ansambli Gruziya 5000
Jaspinder Narula Xonim Hindiston 5000
3-oʻrin Olim Boboyev Tojikiston 2000
Ustod Ali Hamidxon Pokiston 2000
"Sharq taronalari" III xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2001-yil
Gran pri - - -
1-oʻrin Alim Gasimov Ozarbayjon 7000
Sohibjon Niyozov Oʻzbekiston 7000
Abdunabi Ibrohimov Oʻzbekiston 7000
2-oʻrin “Lashari” ansambli Gruziya 5000
Madkhushri Ramsonder Badaltjavhariy Hindiston 5000
3-oʻrin Milliy musiqa ansambli Gretsiya 3000
Nohide Tokguz Turkiya 3000
YUNESKO sovrini "Altay" guruhi Rossiya 1000
"Музыканты" guruhi Qirgʻiziston 1000
Festival tashkiliy qoʻmitasi sovrini "Angan al-Shabab" Misr Maxsus mukofot
"Sharq taronalari" IV xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2003-yil
Gran pri "Uranhay” ansambli Rossiya (Tuva Respublikasi) 10.000
1-oʻrin Dilnura Mirzaqulova Oʻzbekiston 7000
Fozil Jamshidiy Eron 7000
2-oʻrin Ozoda Ashurova Tojikiston 5000
Zabit Nabizade Ozarbayjon 5000
3-oʻrin Milliy musiqiy ansambl Afgʻoniston 3000
An’anaviy musiqiy ansambl Bangladesh 3000
YUNESKO sovrini Abduhoshim Ismoilov Oʻzbekiston 1000
Musiqiy ansambl Hindiston 1000
Roman Kehman Isroil 1000
"Sharq taronalari" V xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2005-yil
Gran pri - - -
1-oʻrin Aygun Biylar Ozarbayjon 7000
Nodira Pirmatova O’zbekiston 7000
2-oʻrin "Viulan" guruhi Italiya 5000
Quvayt musiqa akademiyasi torli cholg’ular ansambli Quvayt 5000
Urna Chahar Tuhchi Moʻgʻuliston 5000
3-oʻrin Koreys musiqiy guruhi Janubiy Koreya 3000
Shilpakala Akademiyasi musiqiy guruhi Bangladesh 3000
"Nazaret" orkestri Isroil 3000
Hakamlarning maxsus sovrini Milliy musiqa ansambli Misr 2000
YUNESKO maxsus sovrini Xanif Nabizoda
rahbarligidagi musiqiy guruh Afgʻoniston 1500
"Sharq taronalari" VI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2007-yil
Gran pri Quvayt musiqa instituti guruhi Quvayt 10.000
1-oʻrin Janubiy Koreya musiqa instituti guruhi Janubiy Koreya 7000
2-oʻrin "An-Nil" milliy musiqa cholg’ulari guruhi Misr 5000
Musiqa guruhi Italiya 5000
3-oʻrin "Ratang" guruhi Keniya 3000
"Seri Maharani Gazal" guruhi Malayziya 3000
Xitoy milliy yoshlar markazi guruhi Xitoy 3000
YUNESKO sovrini Eng yosh ishtirokchi Arzu Aliyeva Ozarbayjon 2000
"Sharq taronalari" VII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2009-yil
Gran pri Turkmanistonda xizmat ko’rsatgan artist Lale Begnazarova Turkmaniston 10.000
1-oʻrin Gochag Askerov Ozarbayjon 7000
O’zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva va xalq cholg’ulari ansambli Oʻzbekiston 7000
2-oʻrin "Vinalog" rok-pop guruhi Janubiy Koreya 5000
"Shem Tov Levi" ansambli Isroil 5000
3-oʻrin Davlat musiqiy san’at instituti xalq cholg’ulari ansambli Quvayt 3000
Laura Molika Italiya 3000
Hakamlarning maxsus sovrini "Kunsu" operasi artistlari Xitoy
"Borte" guruhi Moʻgʻuliston
"Big Mountain" guruhi AQSh
Musiqiy guruh Hindiston
"Shilpakala" musiqiy akademiyasi milliy ansambli Bangladesh
"Sharq taronalari" VIII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2011-yil
Gran pri "Park Jong-Vuk va Park Jonguk" Janubiy Koreya 10.000
1-oʻrin "Dunhuang nude vords" Xitoy 7000
"Aysva" Litva 7000
2-oʻrin "Lider" musiqiy guruhi Rossiya 5000
"Sato" musiqiy guruhi Oʻzbekiston 5000
"Ovoi mehriboni" musiqiy guruhi Eron 5000
3-oʻrin "Talilema" Madagaskar 3000
"Chvenburebi" Gruziya 3000
"Galkinish" guruhi Turkmaniston 3000
YUNESKOning maxsus sovrini Ilyos Arabov Oʻzbekiston
Jivan Gasparyan Armaniston
Nazeket Teymurova Ozarbayjon
Milliy musiqa rivojiga qo’shgan hissasi uchun "Huk Mongol" Moʻgʻuliston
"Dror" Isroil
"Yorqin ijrolar"
"Varsi brazers" Hindiston
Muxlislar e’tirofi "Hidden Dragen" Yaponiya
Samarqand shahar hokimiyatining "Samarqand" mukofoti Afgʻoniston san’at instituti jamoasi
Samarqand viloyat hokimiyatining "Registon" mukofoti Xurshed Ibragimov Tojikiston
Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti "Bogʻ aro" Oʻzbekiston
"Sharq taronalari" IX xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2013-yil
Gran pri Rashmiya Agarval Hindiston 10.000
1-oʻrin "Sadoi Pamir" guruhi Afgʻoniston 7000
"Lanaya" guruhi Burkino Faso 7000
2-oʻrin "Pentan" guruhi Buyuk Britaniya 5000
"Sarihyun Gayageum Byungchangdan" guruhi Koreya Respublikasi 5000
Milliy opera va drama teatri jamoasi Xitoy 5000
3-oʻrin Abror Zufarov Oʻzbekiston 3000
"Chikuyusha" guruhi Yaponiya 3000
Catch-pop String-strong Avstriya 3000
Maxsus mukofot sovrindorlari Sanam Marvi Pokiston
Galit Giat Isroil
Taul Triini Estoniya
Nadi Singapura Singapur
Salomat Ayapov Qoraqalpog’iston
Sedar Hills AQSh
"Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2015-yil
Gran pri "Jiangsu" ayollar orkestri Xitoy 10.000
1-oʻrin "Shamisenʼ guruhi Yaponiya 7000
2-oʻrin Chelm Polsha 5000
Silver Sepp Estoniya 5000
3-oʻrin "Quelite" Kosta-Rika 3000
YUNESKOning maxsus sovrini "Ayqulash yulduzlari" Oʻzbekiston 1500
Samarqand shahar hokimiyatining mukofoti Didgori Gruziya
Samarqand viloyat hokimiyatining mukofoti "EVA" ansambli Bolgariya
Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti Afrika ovozlari JAR
"Sharq taronalari" Festival Direksiyasi mukofoti Birjan Baziljanov Qozogʻiston
Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi mukofoti "Sedaa" Moʻgʻuliston
Maxsus mukofotlar Pung Ryu Koreya Respublikasi
Lingua Franca ansambli Gretsiya, Kipr
"Baxshi" triosi Turkmaniston
"Laus Nova" guruhi Italiya
Yulduz Turdiyeva O’zbekiston
"Buta" jamoasi Ozarbayjon
Ucell Aloqa kompaniyasining maxsus mukofoti Modern Maori Quartet Yangi Zenlandiya
"Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2017-yil
Gran pri Sohib Poshazoda Ozarbayjon 10.000
1-oʻrin Mohichehra Shomurodova Oʻzbekiston 7000
"Keosong" xalq badiiy jamoasi Janubiy Koreya 7000
2-oʻrin Qirgʻiz badiiy jamoasi Qirgʻiziston 5000
Litva badiiy jamoasi Litva 5000
3-oʻrin "Nagesh" badiiy jamoasi Eron 3000
Indonez badiiy jamoasi Indoneziya 3000
Turk badiiy jamoasi Turkiya 3000
"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2019-yil
Gran pri Mehrinigor Abdurashidova Oʻzbekiston 10.000
1-oʻrin "Qomuzchilar" dueti Qirgʻiziston 5000
Parviz Gasimov Ozarbayjon 5000
2-oʻrin "Archabil" guruhi Turkmaniston 3500
"Xatan" guruhi Moʻgʻuliston 3500
3-oʻrin "Ayarxan" guruhi Rossiya 2000
"Badaxshon" guruhi Tojikiston 2000
Azizjon Abduazimov Oʻzbekiston 2000
Ulugʻbek Elmurodzoda Oʻzbekiston 2000

Izoh: Madaniyat vazirligining https://t.me/madaniyatvazirligi rasmiy telegram sahifasida #Sharq_taronalari xeshtegi asosida qo‘shimcha m’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.