Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHARQONA JILOLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHARQONA JILOLAR

Toshkent Fotosuratlar uyi doimo muxlislar bilan gavjum. Bu yerda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda ochilgan "Sharqona jilolar" ko‘rgazmasida yosh ijodkorlar Ulug‘bek Rajabov va Farrux Mavlonovning manzara, Abdumajid Soatovning tarixiy, Jamshid Chorshanbiyev va Bunyod Karimovning portret janrlaridagi asarlari, Bоtir Hakimovning haykaltaroshlik ishlaridan namunalar namoyish etilmoqda.

Ijodkorlarning "Kuz", "G‘ilon navosi", "Oltin kuz", "Sarchashmada kuz", "Quyoshli kun", "Oqshom", "Bizning ko‘cha", "Nastarin", "Tandir", "Fevral", "Ozodlik navosi", "Karnaychi" kabi asarlarida yurtimiz qishloqlari jamoli, serquyosh o‘lka tafti yorqin va sharqona jilolarda aks ettirilgani kishini befarq qoldirmaydi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori H.Aminov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod kamolotiga qaratilgan doimiy e’tibor ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishida yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yosh iste’dodlarni kashf etish va rag‘batlantirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Mamlakatimizda ijodkorlarga erkin va samarali mehnat qilish, iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi san’atshunos Madina Oripova. – Bugun asarlari namoyish qilinayotgan yosh ijodkorlarning har birida o‘ziga xos uslubni ko‘rish mumkin. Abdumajid Soatov akademik san’at an’analariga amal qilsa, Farrux Mavlonov va Ulug‘bek Rajabov ijodida manzara janri muhim o‘rin egallaydi. Bunyod Karimov o‘z asarlarida inson ehtiros va kechinmalarini talqin qiladi. Jamshid Chorshanbiyev ijodining asosiy mavzusi o‘zi tug‘ilib o‘sgan G‘ilon qishlog‘iga bag‘ishlanadi. Iste’dodli yosh haykaltarosh Bоtir Hakimov naturani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasvirlashdan chekinib, g‘oyasini ramzlar vositasida ifodalaydi.

Rangtasvirchi Ulug‘bek Rajabov poytaxtimizdagi Chilonzor matbaa kasb-hunar kollejida faoliyat ko‘rsatadi. U nafaqat yoshlarga kasb sirlaridan saboq beradi, balki o‘z ustida tinmay izlanib, turli ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.

– Mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda, – deydi U.Rajabov. – Albatta, bunday e’tibor bizni ijodga undaydi.

Ko‘rgazmada 70 ga yaqin rangtasvir va haykaltaroshlik ishlari muxlislar e’tiboriga havola etilgan.

O’zA