Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoev Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktorini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoev Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 aprel kuni “Dyaoyuytay” qarorgohida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari XVJ bilan keyingi yillarda jadal va tizimli tus olgan hamkorlik darajasidan mamnunligini bildirdi.

Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekistonga zarur barcha yordamni ko‘rsatishni davom ettirishga qat’iy intilishini ta’kidladi.

XVJ O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatga doir jumladan aholi turmush darajasini izchil yaxshilashga xizmat qiladigan aniq choralarni ishlab chiqishda texnik ko‘mak sohalarini faol kengaytirishga tayyor ekani qayd etildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘z tahlillariga tayangan holda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti holatini ijobiy baholamoqda. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sishi joriy yilda 5,5 foiz, keyinchalik esa 6 foizga yetishi kutilmoqda.

Jamg‘arma ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston muhim islohotlarning ilk bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, shu jumladan, valyuta muomalasi liberallashtirildi, soliq tizimi isloh qilindi va davlat statistikasi tizimi tubdan yaxshilandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikning joriy masalalari ko‘rib chiqildi, uning samaradorligiga yuksak baho berildi.
Jamg‘armaning texnik ko‘magi tufayli yangi soliq siyosati va ma’muriyatchiligi konsepsiyasi ishlab chiqilib joriy etilgani, "Markaziy bank va valyutani tartibga solish to‘g‘risida" qonunning yangi tahriri loyihasi tayyorlangani, O‘zbekiston Davlat budjeti ilk bor o‘rta muddatli asosda ishlab chiqilgani, mamlakatimiz XVJ statistika ma’lumotlari tarqatishning umumiy tizimiga qo‘shilgani ijobiy baholandi.

Prezidentimiz va XVJ boshqaruvchi direktori faol hamkorlikni, avvalo, pul-kredit siyosati, bank tizimi, soliq-budjet siyosati, to‘lov balansini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish sohalarida davom ettirishga kelishib oldilar.

Kristin Lagard O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mazmunli muhokama uchun minnatdorlik bildirdi hamda XVJ boshqaruvchi direktorining 2019 yil iyun oyiga mo‘ljallangan tashrifi davomida muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.

Siz O‘zbekiston aholisi farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman, - dedi Kristin Lagard.

www.president.uz