Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV: ABDUXOLIQ G‘IJDUVONIY MAJMUASI MA’RIFAT MARKAZI BO‘LISHI KERAK

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV: ABDUXOLIQ G‘IJDUVONIY MAJMUASI MA'RIFAT MARKAZI BO‘LISHI KERAK

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurdi.

Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari maqbarada amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalarimiz ma’naviy merosini to‘g‘ri va chuqur o‘rgatish, xalqimizga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

- Kitobda o‘qish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan o‘tkazib o‘rganish boshqa. Bu joy ma’rifat markazi bo‘lishi, odamlar o‘ziga ilm olib ketishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘tgan yil 16 fevral kuni viloyatga tashrif chog‘ida Prezidentimiz «Yetti pir» maqbaralarini obod qilish, ularni bog‘lovchi turizm yo‘nalishi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Abduxoliq G‘ijduvoniy mazkur yetti pirning birinchisi sanalib, Xojagon tariqati asoschisidir. Keyinchalik Orif Revgariy, Mahmud Fag‘naviy, Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Amir Kulol bu ma’naviy yo‘nalishni davom ettirib, Bahouddin Naqshband uni yuksak bosqichga olib chiqqan. Shu bois bu tariqat Naqshbandiya nomi ostida tanilgan. Qo‘shni mamlakatlar, g‘arbiy va janubiy Sharq davlatlari, hatto butun dunyoda bu aziz avliyolar qadamjolarini kelib ko‘rish istagidagilar ko‘p.

Shu yerda mazkur ziyoratgohlarda amalga oshirilgan va davom etayotgan ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari bu maskanlarni obod qilish bilan birga «Yetti pir» haqida kitob yaratish, ularning ilmiy merosini targ‘ib etish zarurligini ta’kidladi.

- Bunday ma’naviy xazina boshqa hech qayerda yo‘q. Bu xazinani mukammal o‘rganish, odamlarga, yoshlarga oson tilda yetkazish kerak. Maqsadimiz - yoshlarimiz o‘zimizning allomalarga ergashsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin.

Mamlakatimizda ma’rifiy islomni rivojlantirish, buyuk allomalar maqbaralarini obod qilishga qaratilayotgan e’tibor xalqaro miqyosda tan olinmoqda. Xususan, Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti - ISESCO tomonidan Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi.

Prezidentimiz bu sanaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, uning doirasidagi tadbirlarni Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligi bilan hamohang nishonlash, xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

WWW.PRESIDENT.UZ