Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo‘ydi.

Germaniyaning janubi-sharqida joylashgan hamda 70,5 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan Bavariyada 12,9 million aholi yashaydi. Ushbu o‘lka federativ respublikaning maydon bo‘yicha eng yirik va aholi soni bo‘yicha ikkinchi sub’ektidir.

Bugungi kunda Bavariya mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Bavariyaning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 600 milliard yevroga yaqin bo‘lib, bu Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan aksariyatining ko‘rsatkichlaridan yuqori. Germaniyada ishlab chiqarilayotgan avia va aerokosmik texnikaning qariyb yarmi, to‘qimachilik mahsulotlarining 43 foizi, elektronika tovarlarining 27 foizi, mashinasozlikning 18 foizi, metallurgiya mahsulotlarining 12 foizi ushbu federal o‘lka hissasiga to‘g‘ri keladi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Markus Zyoderni Germaniya Xristan-sotsial ittifoqi raisi etib saylangani bilan tabriklab, uning ushbu yuksak martabadagi faoliyati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Prezidentimiz Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar davomida o‘zaro anglashuvga erishilgani va hamkorlik loyihalari qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi.

Germaniya bilan munosabatlar an’anaviy ravishda ilg‘or va ko‘p tarmoqli xususiyatga ega bo‘lib, hamkorlik sohalarining keng ko‘lamini qamrab oladi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida salmoqli shartnoma-huquqiy baza shakllantirilgan.

Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder Prezident Shavkat Mirziyoyevni Myunxenda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirib, Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qilishi, savdo-iqtisodiy sohadagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘zaro munosabatlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini qayd etdi.

Mamlakatimizning Bavariya bilan munosabatlari uzoq tarixga egaligi qayd etildi. Tarixchi Shilterbergning Amir Temur huzurida bo‘lgani to‘g‘risidagi yozma xotiralari xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy aloqalar tilga olingan ilk hujjatli manbalardan biridir.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ilg‘or nemis texnologiyalarini yanada keng joriy etishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladilar.

Madaniy-gumanitar aloqalar, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O‘zbekistonda yuqori texnologiyali korxonalar ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder Prezident Shavkat Mirziyoyevga Germaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi loyihalari va takliflariga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli biznes sheriklikdan g‘oyat manfaatdor ekanini qayd etdi.

Prezidentimiz Bavariya Bosh vaziriga Germaniya muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiy yodgorliklari haqidagi kitob-albomni sovg‘a qildi.

www.president.uz