Shavkat Mirziyoyev Fransiya kompaniyalarini O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, «Vinchi», «Suets», «Sad», «Idemia», «Mersiye», “Tales Aleniya Speys”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi kabi Yevropa va jahon bozorida yetakchi kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekstonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi. Ular faoliyatini rag‘batlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznesni rivojlantirish yo‘lidagi turli to‘siqlarga barham berildi, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezirlarli darajada qisqartirildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tadbirkorlar va investorlar uchun katta qulayliklar yaratadi.
— Xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha kengash tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Uning vazifasi sarmoyadorlar fikrini inobatga olgan holda O‘zbekiston investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Sizni kengash ishida faol ishtirok etishga taklif etamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Fransiyalik tadbirkorlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta tizimining liberallashtirilgani, viza olish tartibining soddalashtirilgani o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratganini ta’kidladi. Bunday qulaylik va yengilliklar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishni kuchaytirdi. Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlar imzolangani bundan dalolat beradi.
O‘zbekisto nva Fransiya moliyaviy tashkilotlari, firma va kompaniyalari o‘rtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari, o‘zaro tovar yetkazish va xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.