Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev ilm-fan namoyandalari bilan muloqot qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev ilm-fan namoyandalari bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.

Davlatimiz rahbari import o‘rnini bosadigan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish, sohadagi har bir tashkilot tizimida ilmiy mahsulotlarni bozorbop qiladigan marketing tizimini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi. Ilmiy muassasalarni kelgusi yildan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirishga o‘tkazish taklifi olimlar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.

Izlanuvchan olimlarni rag‘batlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, budjet mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini o‘rganadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Keyingi yillarda ilm-fan va ta’lim sohasi xodimlari izchil rag‘batlantirilib kelinmoqda. Ilmiy xodimlarning oylik maoshlari o‘tgan yil 1 sentyabrdan o‘rtacha 25 foizga, joriy yil 1 yanvardan 20 foizga oshirilgan edi, 1 iyuldan esa yana 25 foizga ko‘tariladi.

Prezidentimiz bu amaliy choralarning mantiqiy davomi sifatida joriy yil 1 sentyabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, Talabalar shaharchasi hududida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta ko‘p qavatli uy va barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, shaharchada Yoshlar bog‘i, yozgi tomoshalar maydonchasi, «kitob-kafe»lar, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shu yerda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-pedagogik faoliyati va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid rejalar taqdimoti o‘tkazildi. Besh yillik kompleks dastur ishlab chiqib, universitet faoliyatini rivojlantirish va xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Universitet qoshidagi litseyni tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirish, yetuk mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora kuchayib borayotganini inobatga olib, universitetda yangi fakultetlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

— Iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

www.president.uz