Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Steel property construction” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirdi.

Bir nechta sexlardan iborat bu korxona Yashnobod tumanidagi sobiq aviatsiya zavodiga qarashli foydalanilmay yotgan binolarda ish boshlagan. Xorijdan texnologiyalar olib kelinib, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Masalan, «Dacros» korxonasi Yevropa texnologiyasi asosida temir eshiklar tayyorlashga ixtisoslashgan. Bu eshiklar ko‘p qavatli turar joylar yo‘laklari, namunaviy uylarga o‘rnatilmoqda.

Yana bir binoda Niderlandiya texnologiyasi asosida turli o‘lchamdagi metall konstruksiyalar ishlab chiqarish tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 24 ming tonna metall mahsulotlar bilan birga sendvich panellar, bruschatkalar, yo‘l cheti to‘siqlari, isitish radiatorlari tayyorlanadi. Ichki bozordan tashqari qo‘shni mamlakatlar mahsulotning asosiy bozori hisoblanadi. Korxonada 440 ish o‘rni yaratilgan.

“Midas agrotech” korxonasida zamonaviy issiqxona majmualari uchun konstruksiyalar, shuningdek, quyosh nuridan himoyalovchi to‘rlar, plastik yashiklar, polietilen plyonka kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

"Bektemir metall konstruksiyalari” korxonasida yo‘l to‘siqlari, yoritish ustunlari, qurilish konstruksiyalari, elektr payvandlangan quvurlar tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari mazkur sexlardagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi. Mahsulotlar sifati va bozori bilan qiziqdi.
Bektemir tumanidagi «Binokor» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

Prezidentimiz mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilgan temir-beton panellardan namuna sifatida qurilgan xonalarga kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarni tez muddatlarda qurish, aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun bunday korxonalar juda zarurligini ta’kidladi. Shu yo‘nalishga ixtisoslashgan korxonalarni ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Toshkent shahri iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 2019 yilda poytaxtimizga 2 milliard 700 million dollar miqdorida investitsiya kiritilishi, bu mablag‘ sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.

www.president.uz