Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV KO’P QAVATLI O’YLARNI TA’MIRLASH BO’YICHA KO’RSATMALAR BERDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV KO'P QAVATLI O'YLARNI TA'MIRLASH BO'YICHA KO'RSATMALAR BERDI

30 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida video selektor majlisi bo’lib o’tdi. Unda asosan ko’p qavatli uylarni ta’mirlash, qish mavsumiga tayyorlash, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek sog’liqni saqlash, ichki ishlar tizimidagi muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Majlisda shahar va tumanlarda ko’p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirishdagi mavjud holat, hududlar rahbarlarining masuliyati va javobgarligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mana to’rt yildirki Toshkent shahri va 28 ta yirik shaharda ko’p qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha yangi tizim yaratilgan. Ushbu tizim asosida shu o’tgan davr mobaynida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkarlariga banklardan 255 mlrd. so’m miqdorida besh yillik kreditlar ajratilgan.

Ammo, bu borada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar joylarda aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo’layotganligi majlisda qayd etildi. Buni O’zbekiston Prezidentning virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan shikoyat va arizalardan ham ko’rsa bo’ladi. Qabulxonaga 53 mingdan ortiq shikoyatlar aynan kommunal soha bo’yicha yuborilgan. Bu jami arizalarning 10 % ni tashkil qiladi.

Yig’ilishda ko’p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholiga zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shu yilning 9 fevral kuni Prezidentimizning profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish va inspektorlarni xizmat uylari bilan ta’minlash bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosi ham muhokama qilindi. Ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 5 yanvar va 7 fevral kunlari Prezident raisligida o’tgan yig’ilishda sog’liqni saqlash tizimidagi muammolarni bartaraf etish, ushbu tizimni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi. O’tgan davr mobaynida mazkur yo’nalishda tegishli qaror va farmonlar qabul qilinib, ularning ijrosiga kirishildi. Davlatimiz rahbariga kishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, poliklinikalarda xizmat ko’rsatish vaqtlarini 1.5 baravarga uzaytirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Yig’ilishda davlatimiz rahbari mazkur sohalardagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

UzReport