Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev: mehnat va xarajatga nisbatan ko‘p daromad olish uchun ilm kerak

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev: mehnat va xarajatga nisbatan ko‘p daromad olish uchun ilm kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Quva tumanidagi “Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikatsiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.

300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar yerga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025 yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu anorzorni kirib ko‘rdi.

«Tepa Xudodan, past bandadan. Yerga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta o‘z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qaerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko‘proq daromad olishni o‘ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o‘rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta’minlaydigan kim - kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e’tibor berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Anorchilik bo‘yicha ilmiy markaz, Farg‘ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston anori bo‘yicha brend yaratish, Farg‘ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga yetkazish, ko‘chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

www.prezident.uz