Shavkat Mirziyoyev: Mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishib bo‘lmaydi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi bozorlarga chiqish, har bir sohani isloh qilishdan maqsad xalqimiz manfaatini ta’minlash ekanini ta’kidladi.
— Mana ko‘ryapsizlar, deyarli har kuni farmon, qaror chiqyapti. Ularning ustida tashkilotlar, ekspertlar oylab, yillab ishlaydi. Bu farmon, qarorlarni ishlab chiqish azob. Ularni amalga oshirish o‘n karra azob, - dedi davlatimiz rahbari.
Joylardagi ijro organlari sustkashlikka, jamoatchilik ulardan talab qilishda befarqlikka yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi.
— Xalqimiz yaxshi yashashini, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishni istaymiz. Lekin hech kim mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishmagan, erisholmaydiyam! Prezident kelib yo‘nalish beradi, vazifa qo‘yadi. Ularni kim amalga oshiradi? Odamlar qachon uyg‘onadi? Biz ancha narsada kechikkanmiz. Agar endiyam uyg‘onmasak oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarimizga yetolmaymiz. Birov kelib biz uchun hech narsa qilib bermaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz dunyodagi raqobatga munosib bo‘lish, birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni o‘qishi, o‘zini qiynashi, izlanishi kerakligini ta’kidladi.
Yig‘ilishni videoselektor orqali keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.