Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev “Mirzacho‘l teks” korxonasini borib ko‘rdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev “Mirzacho‘l teks” korxonasini borib ko‘rdi

Ushbu korxona faoliyati uch bosqichli loyiha asosida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqich 2018 yil dekabrda ishga tushirilgan. Xitoy va Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi olib kelib o‘rnatilgan. Yetmishdan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.

Loyihaning ikkinchi bosqichida 240 ish o‘rniga mo‘ljallangan jinsi mato to‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Uchinchi bosqichda ip-kalava yigiruv amaliyoti ishga tushadi. 2021 yilgacha korxona to‘liq quvvat bilan ishlashi ko‘zda tutilgan. Bu tumanda 800 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyatini rivojlantirishga doir muhim ko‘rsatmalar berdi. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va Belarus Respublikalaridagi elchixonalarimiz tomonidan viloyatga jalb qilingan investitsiyalar taqdimoti, shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan kelgan investorlar o‘z loyihalarini davlatimiz rahbari e’tiboriga havola qildi.

Taqdimotga ko‘ra, rossiyalik investorlar yoritish uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fransiyalik ishbilarmonlar esa arxitektura oynalarini ishlab chiqarish, mevani qayta ishlashga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Fransiyaga anor, qovun, qizilmiya ildizini eksport qilish rejalashtirilgan.

www.president.uz