Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini investitsiya va innovatsiyalar hududiga aylantirishni taklif qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini investitsiya va innovatsiyalar hududiga aylantirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatni kompleks rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Navoiy viloyati yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha ilg‘or o‘rinlarda bo‘lsa-da, mavjud rezerv va imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgani ta’kidlandi. Viloyat iqtisodiyoti asosan bir nechta yirik korxonalarga bog‘liq bo‘lib qolgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yetarli darajada rivojlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.

– Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga jiddiy turtki berish maqsadida, bu yerda shunday eng qulay va jozibador biznes muhitini yaratish kerakki, nafaqat mahalliy aholi, balki boshqa viloyatlar aholisi ham bu yerga kelib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga intilsin. Endi Navoiy viloyati – tadbirkorlar viloyati bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari shu maqsadda Navoiy viloyatini eksportga yo‘naltirilgan innovatsion va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar bo‘yicha erkin iqtisodiy zonaga aylantirishni taklif qildi. Qayd etilganidek, buning uchun Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida maxsus komissiya tuzilib, mazkur iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan imtiyoz va yengilliklar tizimi belgilanadi.

Yig‘ilishda investitsiyalarni faol jalb qilib, yangi zamonaviy korxonalar tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Navoiy viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 26 trillion 368 milliard so‘mlik 511 ta investitsiya loyihasidan iborat dastur ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

Mazkur dastur doirasida 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirib, 17 ming 400 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Jumladan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, “Qizilqumsement”, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tarmoqlarda 12 ta yirik loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlarni ham tahlil qilib, paxtadan bo‘shagan maydonlarda bozorbop meva-sabzavotlar yetishtirish, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va qorako‘l teri tayyorlashni ko‘paytirib, eksport hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

www.president.uz