Shavkat Mirziyoyev — Osiyoning yil odami
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “2018 yil odami” deb e’lon qildi.
Mamlakatimiz rahbari siyosiy yo‘nalish bo‘yicha g‘olib, deb e’tirof etildi.
Assotsiatsiya vakillari ta’kidlaganidek, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan, siyosiy mahbuslarni ozod etishda yuksak natija ko‘rsatib kelyapti.
“The Korea Times” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan holda, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qo‘shmoqda.
Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha “LG Group” faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol bo‘yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan So qayd etildi.
G‘oliblar nomlari maxsus hakamlar tomonidan mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya a’zolari tavsiyalari hamda baholaridan so‘ng aniqlandi. Xabar berilishicha, taqdirlash marosimi 2019 yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.