SHAVKAT MIRZIYOYEV QARSHI TUMANIDAGI “LT TEXTILE INTERNATIONAL” XORIJIY KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.
Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.
Prezidentimiz korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, “LT Textile International” mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.