Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib ko‘rdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib ko‘rdi

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘istonda ham aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatni yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-2018 yillarda investitsiya dasturi doirasida 36 ta ob’ektda 84 milliard so‘mlikdan ziyod ishlar bajarilib, ular 2,8 million AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

“Qo‘ng‘irot” fuqarolar yig‘inidagi 23-oilaviy poliklinika joriy yilda rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari o‘rnatildi.

Bu poliklinika «Qo‘ng‘irot», «Shumanay», «Qangli» ovul fuqarolar yig‘inlarida yashaydigan 12 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Oliy ma’lumotli shifokorlar bir kunda 100 kishiga xizmat ko‘rsatadi.

Poliklinika tarkibida besh o‘rinli statsionar va tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonasi, o‘smir-qizlar xonasi, ijtimoiy dorixona, fitobar ochilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sog‘ligi uchun barcha sharoit yaratilishini ta’kidladi.

www.president.uz