Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev strategik ahamiyatga ega To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish jarayoni bilan tanishdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev strategik ahamiyatga ega To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish jarayoni bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Farg‘ona vodiysida yillar davomida elektr energetikasi bo‘yicha muammolar bor edi. Shu bois To‘raqo‘rg‘on tumanida zamonaviy texnologiyalar asosida issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlangan edi. Quvvati 900 MVt bo‘lgan ushbu stansiyaning ishga tushirilishi aholi va sanoat korxonalarini elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq qoplashga xizmat qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lib, u Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari asosida moliyalashtirilgan. Stansiya Yaponiyaning “Mitsubihi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsorsumi tomonidan barpo etilmoqda.

Bugungi kungacha elektr energiyasini ishlab chiqaradigan asosiy agregatlardan birinchi va ikkinchi blok transformatorlari, bug‘-gaz trubinasi va boshqa texnologiyalar montaj qilingan. Tashqi kommunikatsiya ishlari yakunlangan, ichimlik suv tarmog‘i tortilgan. Ob’ekt “So‘x-Namangan” magistral gaz tarmog‘i orqali yonilg‘i, Katta Namangan kanali orqali texnik suv bilan ta’minlanadi.

Stansiyaning birinchi bug‘-gaz qurilmasi joriy yilning sentabr oyida, ikkinchisi dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida Farg‘ona vodiysi iste’molchilari uchun 900 MVt qo‘shimcha quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. 300 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Eng muhimi, bu yerda ishlab chiqarilgan elektr energiya tannarxi boshqa issiqlik elektr stansiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi.

Davlatimiz rahbariga issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilgan ishlar, ob’ektning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz bu loyiha muhim strategik ahamiyatga ega ekanini, stansiya vodiy viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish va aholini ishonchli elektr energiya bilan ta’minlash imkonini berishini ta’kidladi.
Issiqlik elektr stansiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirish va foydalanish, buning uchun sohaga ixtisoslashgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

www.president.uz