Shavkat Mirziyoyev: Toshkent hamma sohalarda namuna bo‘lishi kerak
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda.
Davlatimiz rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra, shu ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019 yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohalarda namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.