Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev: umumiy kelajagimiz – o‘zimizning qo‘limizda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev: umumiy kelajagimiz – o‘zimizning qo‘limizda

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston delegatsiyalari a’zolari, Jamg‘arma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

“Qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng o‘tayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta sur’at bag‘ishlaydi. Biz bu boradagi o‘zaro hamkorlikka qat’iy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolbo‘yi atrofidagi hududlar cho‘llanishi davom etayotgani ta’kidlandi. Suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari kuzatilayotganiga e’tibor qaratildi.

“Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini yengib o‘tish va Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining ta’sirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari o‘rtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – o‘zimizning qo‘limizda”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi.

www.prezident.uz