Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Sindao shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari O‘zbekiston tashqi siyosatining o‘zgarmas yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

Bir yilda o‘zaro 70 ta delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar o‘tkazilgani aloqalarning bugungi sur’ati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod o‘sgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz ko‘p, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari bilan uchrashuvdan mamnunligini ta’kidlab, mamlakatlarimiz hamkorligida ko‘plab samarali loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

O‘tgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga o‘zgardi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan o‘tishda «yashil yo‘lak» tashkil etilgani natijasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

«Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani qayd etildi. «Rosatom» Atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingani ta’kidlandi.

Joriy yilning kuzida O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrif kutilmoqda. Shuningdek, Toshkentda ilk bor O‘zbekiston va Rossiya hududlararo forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

www.president.uz