Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV: XALQIMIZ DUNYOQARASHIDA INNOVATSIYA MUHITINI YARATISH – ENG MUHIM VAZIFAMIZ

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV: XALQIMIZ DUNYOQARASHIDA INNOVATSIYA MUHITINI YARATISH – ENG MUHIM VAZIFAMIZ

Poytaxtimizning Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, ilmiy-eksperimental ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologik markazlar, texnoparklar va boshqa innovatsion tuzilmalarni mustahkamlash yangi vazirlikning faoliyat yo‘nalishlaridandir.

Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazida buning uchun barcha sharoit yaratiladi. Vazirlik ham shu markazda joylashadi.

Ushbu muassasada ilmiy-konsultativ, iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion ehtiyojlarini o‘rganish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Iqtidorli yoshlar bu yerda yangi ishlanma va texnologiyalar bilan tanishish barobarida start-ap loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish, bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari markazni yoshlar va butun ziyolilar qatlami uchun yanada qulay qilib loyihalashtirish, hududda innovatsion yutuqlardan foydalangan holda sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi.

www.prezident.uz