“SHAVKAT MIRZIYOYEV YIG‘ILIB QOLGAN MUAMMOLARNING MUHOKAMASI BO‘YICHA TA’QIQLARNI OLIB TASHLADI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasida Turkiya Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot va matbuot boshqarmasi hamda “Sahipkiran” strategik tadqiqotlar markazi vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. U 2017 yili 22 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga taqdim etgan Murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishland
Davlatimiz rahbarining mazkur nutqi va unda ko‘tarilgan asosiy masalalar bilan yaqindan tanishgan turkiyalik ekspertlar bu haqdagi o‘z fikr-mulohazalarini “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan o‘rtoqlashdilar.
Sulaymon Erdem, “Sahipkiran” (SASAM) strategik tadqiqotlar markazining direktori:
Murojaatnoma O‘zbekiston rivojlanishini yangi bosqichga chiqarish uchun yangi va qudratli g‘oyalarga juda boy. Avvalgi yillardagi chiqishlarning mazmuni bilan taqqoslaganda mamlakatingizda davr o‘zgarganini ta’kidlash lozim. Masalan, Prezident respublika davlat boshqaruvi organlaridagi jiddiy kamchiliklarni ochiq tan olgani barobarida mamlakatni turg‘unlikka duchor qilgan davlat idoralari faoliyatidagi jihatlarni tilga oldi, taraqqiyotga mo‘ljallangan samarali harakatlar algoritmini dadil taklif etdi.
Shavkat Mirziyoyev jamiyatda to‘planib qolgan muammolarni muhokama qilish uchun qo‘yilgan ta’qiqlarni olib tashladi, davlat byudjetini shakllantirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni tuzish, vazirlik va idoralarning parlament bilan, huquq-tartibоt organlari tadbirkor va oddiy fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borishlaridagi eskirib qolgan tizim hozirgi sharoitlarga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
O‘zbekiston bugun rivojlanishning yangi, demokratik davriga o‘tdi, deb ishonch bilan aytish mumkin - davlat organlari xalq bilan keng muloqot olib bormoqdaki, bu oddiy holga aylanmoqda.
Masud Emre, Turkiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot va matbuot boshqarmasining tahlilchi-eksperti:
O‘zbekistonda bugun ijtimoiy adolat, xalq farovonligi va inson manfaatlari tamoyillari eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat parlamentiga Murojaatnomasi respublikani demokratlashtirish va taraqqiyot ettirishdagi yangi va muhim bosqichlardan biridir. Davlat organlarining fuqarolik jamiyati bilan munosabatlari mutlaqo o‘zgacha shaklda qurilmoqda. Murojaatnomada O‘zbekistonni yangilash bo‘yicha juda kuchli dastur jamlangan, deyish mumkin.
Respublika Prezidentining ushbu nutqidan kelib chiqqan holda davlat xizmatlari sifat jihatdan tubdan yaxshilanadi, mamlakatda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalar amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, degan fikrni bildirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi nomutanosiblik bartaraf etiladi, barcha sohalarda yangicha fikr yuritish rag‘batlantiriladi, tadbirkorlik sub’ektlari orasida raqobat kuchayadi, O‘zbekiston esa xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun jozibador bo‘ladi, deb umid qilish mumkin.
“Jahon”AA, Anqara