Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev: yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev: yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi yig‘ilishimizda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qo‘shimcha rezervlarni ishga solish choralarini ko‘rishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chunki iqtisodiy o‘sish – bu birinchi navbatda yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, inflyatsiya va narxlarni jilovlash xamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir.

Biz bu borada oxirgi 2 yil mobaynida juda ulkan islohotlarni, ko‘plab yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirdik va davom ettirmoqdamiz.

Ushbu ustuvor vazifalarni va fuqarolarimiz hayotini yanada yaxshilash yuzasidan zimmamizga olgan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishimiz uchun respublika va mahalliy budjetlarga qo‘shimcha daromadni ko‘paytirishimiz zarur.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish uchun qabul qilingan investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirishimiz kerak.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini ta’minlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularni eksportga jo‘natishni ko‘paytirishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

Prezidentimizning joriy yil boshida bergan topshirig‘iga muvofiq, budjetga qo‘shimcha daromad tushirish bo‘yicha rezervlar izlab topilib, ularni safarbar qilish choralari ko‘rilgan edi. Buning natijasida 8 oyda davlat budjetiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz ko‘p daromad tushirildi. Jumladan, mahalliy budjetlarga tushumlarning o‘sishi 22 foizni tashkil etdi.

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha daromadlarni yanada oshirish imkoniyatlari borligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada aniq manbalar va chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mahalliy hokimliklar ixtiyorida qolayotgan qo‘shimcha daromadlarni samarali va maqsadli sarflash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi va yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, narx-navo o‘sishining oldini olish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari maqsadli va prognoz parametrlariga erishishda muammo mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarda ishlarni jadallashtirish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan ob’ektlarni foydalanishga topshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilindi.

Har bir investitsiya loyihasini ko‘rib chiqib, qoloqlik mavjud bo‘lganlarini jadallashtirish, bunga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarishni tezroq boshlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2019 yilgi investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda eksport masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 9 oy yakuni bilan eksport hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 19 foiz oshishi kutilayotgani qayd etildi.

Prezident har bir eksportchi korxona va eksport qilinadigan mahsulot turi bo‘yicha ko‘mak berish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirishni ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Takroriy maydonlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, shuningdek, sentabr-oktabr oylarida issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlarini eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bozorlarda narxlar oshishiga yo‘l qo‘maslik, 501 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish va ularni qish-bahor oylarida xalq talabiga mutanosib ravishda ichki bozorlarga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

O‘zini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019 yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi o‘zimizda qayta ishlanadi. Bu 2017 yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020 yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

“Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo‘lishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

2019-2023 yillarda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

www.president.uz