Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV ZAMONAVIY YIGIRUV KORXONASINI KO‘ZDAN KECHIRDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV ZAMONAVIY YIGIRUV KORXONASINI KO‘ZDAN KECHIRDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘ijduvon tumanidagi «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ip yigiruv va to‘quv korxonasini borib ko‘rdi.

Qishloq xo‘jaligini diversifakatsiya qilish, xomashyoni yurtimizda qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida ushbu korxona qurilishiga zarur sharoit yaratildi. Germaniya, Turkiya, Shveysariya va Yaponiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilib, 350 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega.

Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish o‘rinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shu yerda Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda sanoat sohasida amalga oshiriladigan, shuningdek, mamlakatimizning Xitoy, Indoneziya va Isroildagi elchixonalari tomonidan taklif etilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ularga muvofiq, viloyatda paxta, meva-sabzavot, teri, jun va kimyo mahsulotlarini qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini 3 barobar oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmoqlari barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan.

Prezidentimiz har bir loyihaning moliyaviy, tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratib, ular yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

WWW.PRESIDENT.UZ