Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING JIZZAX VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEVNING JIZZAX VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi E.Xolmatov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida boshlangan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish, tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan. Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ushbu sohada tajribadan o‘tgan bozor mexanizmlari va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini keng joriy etish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi rivoji uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, sanoatni texnologik yangilash va tarkibiy o‘zgartirish, yerlarning unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, mahalliylashtirish dasturini kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, aholi hayot darajasini izchil oshirish, barcha davlatlar bilan hamkorlikni va mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha muhim yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan.

Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti Jizzax viloyati misolida ham namoyon bo‘lmoqda. Shahar va tumanlarda yangi korxonalar, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi, Jizzax sement zavodi va boshqa sanoat komplekslarida ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulotning o‘sishi 9,1 foizni tashkil qilib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 18,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsuloti 6,2 foizga, qurilish ishlari 12,5 foizga oshdi. Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari samarasida 1 ming 90 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilib, ular 9 ming 195 taga yetdi.

Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, qishloqlarda barpo etilayotgan zamonaviy uylar va ijtimoiy obyektlar viloyat qiyofasini butunlay o‘zgartirmoqda.

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatning barcha shahar va tuman markazlaridagi saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘ldi.

Uchrashuvda "Jizzax ovozi" gazetasi bosh muharriri A.Inomov, Zomin tumanidagi 60-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi L.Pak, mehnat faxriysi A.Turdiqulov, Forish tumanidagi "FOR-TEX" xususiy korxonasi rahbari B.To‘rayeva, Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasi shifokori M.Umarov va boshqalar mustaqillik yillarida Jizzax viloyati sanoatlashgan hududga aylangani, amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari odamlarning hayot darajasini yuksaltirib, dunyoqarashini o‘zgartirayotganini faxr bilan ta’kidladi. Dasturda ilgari surilgan ulug‘vor vazifalar mamlakatimiz taraqqiyotida muhim asos bo‘lishini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA