Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi tojikistonlik mutaxassislar nigohida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi tojikistonlik mutaxassislar nigohida

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi xorijiy mutaxassislar, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy doiralari vakillari yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Xususan, Tojikiston Respublikasi Xukumatining o‘zbek tilida chop etiladigan rasmiy nashri “Xalq ovozi” gazetasi Bosh muharriri Yokubjon Abdumannonzoda yurtboshimizning mazkur murojaatnomasi borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Muhtaram Prezidentning chet el diplomatik korpus namoyandalari, mamlakat Parlamenti va Xukumat a’zolariga aytgan har bir so‘zi barchani to‘lqinlantirdi, - dedi muharrir. - Birgina soliq tizimidagi islohotlar borasidagi so‘zlarini olsak – ular xalq ko‘nglidagi gaplar. Chindanam soliq turlarini ixchamlashtirish va xalol soliqchini mukofotlash zamon talabidir. Darxaqiqat, soliq to‘lagan ham, to‘lamagan ham bir xil bo‘lmasligi lozim. Kimdir ishlab, kimningdir tishlashi hech bir adolatga to‘g‘ri kelmaydi.

Sharq mutafakkirlaridan biri Najmiddin Kubro xazratlarining «Xarakat muvaffaqiyatga, dangasalik esa qoloqlikka chorlaydi» qabilidagi o‘gitini misol keltirgan hurmatli Shavkat Mirziyoyev bir vaqtning o‘zida dangasalik illatidan qutulib, bahamjihat xarakat qilinsa ko‘zlangan maqsadga erishish oson kechishini ta’kidladilar.

Muhtaram Prezidentning raqobatbardosh bozor tizimini yaratish, eksportni rivojlantirish xaqidagi so‘zlari ham o‘z vaqtida aytilgan so‘zdir.

Prezident tilga olib o‘tgan yana bir muhim soha bu – transport-logistika jabhasini takomillashtirishdir. Qo‘shni davlatlar yuklarining temir yo‘l orqali tashilishi ham soha taraqqiyoti uchun xizmat qilishi tabiiy.

Shu o‘rinda urbanizatsiya masalasi hamma vaqt dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelinadi. Bu masalani Bosh vazir Abdulla Aripovga topshirilishi, obod qishloq dasturining davomiyligi shu kunning dolzarb masalalari sirasiga kiradi. O‘zbekiston bo‘ylab obod ќishloќ dasturi asosida minglab uylar qurilib, egalariga topshirilishi xalqning o‘z ertangi kuniga, Hukumatiga bo‘lgan ishonchining ortishiga sabab bo‘ldi. Bunga nafaqat o‘zbekistonliklar, balki qo‘shni respublikalar fuqarolari ham havas bilan qarashmoqdalar.

Murojaatnomaga ko‘ra, Prezident vakolatlarini qisman Parlamentga berilishi, kelajakda sud tizimining islohotlari o‘tkazilishi, sudyalarni tayinlash, shuningdek, tuman hokimlarini ham tayinlash masalasi Parlament sho‘rosi orqali amalga oshirilishi O‘zbekistonda haqiqiy demokratik tamoyillar sari ulkan qadamlar tashlanayotganidan darak beradi.

Prezident nazaridan Orol masalasi, uning atrofida yashil o‘rmonzor tashkil etish, mintaqada tinchlik, do‘stlik muhitini yaratish, Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoy bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va buning mintaqaga manfaati xaqidagi so‘zlari ayni muddao bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda kundan-kunga o‘zgarib borayotgan O‘zbekistonni ko‘rish yoqimli.

Tojikiston Respublikasi Hukumati qoshidagi Televideniye va Radio eshittirish komitetining “Ovozi tojik” radiosi ӯzbek tili bӯlimi katta muharriri hamda “Tojikiston” televideniyesi “Axbor” idorasining ӯzbek tilidagi kӯrsatuvi muharriri, yozuvchi Otabek G‘oyibov:

— Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev Parlamentga Murojaatida mamlakat ichki va tashqi siyosati, shuningdek, barcha sohalarda yil davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilar ekan, bugungi kunda dolzarb mavzularga alohida e’tibor qaratdi, - dedi O.G‘oyibov. – Unda Prezidentning barcha sohalarda qilgan takliflari va kӯrsatmalari juda ӯrinli ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qildim.

Tadbirkorlar ishlarini yengillashtirish maqsadadida, Prezident Vazirlar Mahkamasiga bir oy mobaynida “Yӯl xaritasi” haqidagi qonunni tayyorlash lozimligi borasida kӯrsatma va topshiriqlar berdi. Bu ish amalga oshirilishi natijasida, tadbirkorlarning ishlari ancha yengillashadi va ular samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi. Hurmatli Prezident sanoat korxonalarida, qishloq xӯjaligi sohasida hali kӯplab muammolar mavjudligini va ularni investorlarni jalb qilish orqali hal etish mumkinligini, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, kelgusida yerlardan samarali foydalanish, yaxshi hosil olish yӯlida, ya’ni paxta yetishtirish jarayonida ularni tomchilatib sug‘orish usullarini yӯlga qӯyish ham muhim omillardan biri ekanligini alohida qayd etdi.

Parlamentga yӯllagan murojjatida shuningdek, uy-joy kommunal xӯjaligi tarmog‘iga, sportni ommalashtirish, qishloq joylarda ham sportni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratar ekan, shu yӯl bilan sog‘lom turmush tarzini amalga tadbiq etish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol ӯynaydi deya qayd qildi.

Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti xurmatli Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy ishlarga e’tibor qaratganligi ham juda muhim hisoblanadi. Chunki bugungi kunda Ӯzbekiston Respublikasi jahonning kӯplab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yӯlga qӯyayotganligi Ӯzbekiston kelajagining porloq ekanligidan darak bermoqda. Ӯzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan qӯshni Tojikiston Respublikasi bilan ikki taraflama hamkorlikni va dӯstona munosabatlarni yaxshilagani, ikki buyuk xalq, o‘zbek-tojik xalqlari ӯrtasidagi dӯstlik aloqalarining yanada jipslashgani hamda tarixlar osha uzoq o‘tmishdagi bobolarimiz Hazrati Alisher Navoiy va Hazrati Abdurahmon Jomiy ekib ketgan dӯstlik niholining viqor ila baland yuksalayotgani, bu daraxtning ildizi esa juda chuqurga singib ketganiligi xammaga ayon. Aslida ham o‘zbek-tojik xalqlari ӯrtasidagi dӯstlik rishtalari mustahkam ekanligi sir emas.

Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyevning shu yilning mart oyida Tojikistonga kilgan davlat safari ikki mamlakat xalqlari uchun nihoyatda katta va kuvonchli voqea bo‘ldi. Uning tashrifi 21 asr tarixi sahifalariga oltin harflar ila bitilishiga ishonchim komil. Zero, bu ikki xalq ӯrtasidagi dӯstlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishi va hamkorliklarning yangi pog‘onaga kӯtarilishi katta yutuq hisoblanadi.

Muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Ӯzbekiston Parlamentiga yӯllagan mazmunli va muhim Murojaatidan bag‘oyatda hursandligimni izhor etib, kelajagi porloq bӯlgan Ӯzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga muvaffaqiyat yor bӯlishini tilab qolaman.

“Dunyo” AA