SHAVKAT MIRZIYOYEVNING QASHQADARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili I.Abrorov ochdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Qashqadaryo viloyati ham izchil taraqqiy etmoqda. Joriy yilning 9 oyida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 630 milliard so‘mdan ziyodni, o‘sish sur’ati 6,5 foizni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62,3 foizga yetdi.
Mamlakatimizga jalb etilayotgan investitsiyalarning 11,2 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelayotir. Bu yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishi, ish o‘rinlari ko‘payib, aholining turmush farovonligi hamda daromadining yanada oshishiga zamin yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.
Dasturda mamlakatimizda rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik mexanizmlarini keng qo‘llash, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish, iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, investitsiyaviy faollikni kuchaytirishga doir strategik maqsadlar o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, avvalo, qishloq aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh etish, xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Nuroniy" jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Ya.Inoyatov, Qarshi shahridagi "Xontepa" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Zohirov, Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi O.Eliseyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar D.Rahimova, F.Abdullayev, T.Beknazarov, "Nuroniy" jamg‘armasi Nishon tumani bo‘limi raisi H.Maxsimov, Koson tumanidagi 94-umumta’lim maktabining "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Shomurodova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA