Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SAMARQAND VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SAMARQAND VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zLiDePning Samarqand viloyati kengashi raisi M.Xolmuhamedov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Samarqand viloyati ham har tomonlama ravnaq topmoqda. 2010-yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar o‘sgan va bu sur’at izchil davom etmoqda. Viloyat iqtisodiyoti tarkibida sanoatning ulushi 2011-yilda 18 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yil yakuni bilan 23,8 foizga yetishi kutilmoqda. Keyingi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ularning soni 259 taga yetgan. Mazkur korxonalar tomonidan yiliga 2,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Samarqand shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Nuroniy" jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi kengashi raisi H.Normurodov, shoira X.Bobomurodova, mehnat faxriysi A.Hoshimov, Payariq tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi A.Shulga, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi Q.Ahmedov, Ishtixon tumanidagi 87-umumta’lim maktabi direktori Sh.Umirov va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimizni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA