Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TOSHKENT SHAHRI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TOSHKENT SHAHRI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili A.Hojiboyev ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Toshkent shahri zamonaviy qiyofasi, yirik sanoat korxonalari, muhtasham inshootlari, ilm-fan markazlari, so‘lim bog‘ va xiyobonlari bilan dunyoga mashhur. Toshkent mamlakatimizning asosiy intellektual markazi, xalqimizning faxri hisoblanadi. Poytaxtimizda 39 oliy o‘quv yurti, 47 ilmiy-tadqiqot muassasa va markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 11 teatr, konsert zallari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ishlab turibdi. "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi, Ma’rifat markazi va boshqa ko‘plab inshootlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Nomzodning dasturida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Sanoatni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, sud-huquq tizimini isloh etish, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim masalalar qamrab olingan.

Uchrashuvda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar poytaxtimiz salohiyatini yuksaltirish, aholi hayot farovonligini muttasil oshirishda asosiy omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Poytaxtimizda tibbiy va kommunal, transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, aholining madaniy dam olishi uchun keng sharoitlar yaratish, aholini shinam va arzon uy-joylar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Poytaxtimizning barcha tumanlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mehnat faxriysi T.Daminov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G.Melnikova, Olmazor tumanidagi "Guzarboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi T.Ergashev, Qozoq milliy madaniyat markazi faoli R.Qo‘shirboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati E.Shukurov, FIFA referisi R.Ermatov, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Katta Qorasuv" mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Jabborova, Olmazor tumanidagi "Achaobod" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.Hikmatov, Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi B.Mirzayev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan beqiyos o‘zgarishlar poytaxtimiz misolida ham yaqqol ifodasini topayotganini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA