Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zLiDePning Xorazm viloyati kengashi raisi Sh.Safarboyev ochdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi Xorazm viloyatida ham o‘z ifodasini topmoqda. Joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy mahsulot 5,3 foiz o‘sgan. Bunda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 20 foizdan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7 foizdan ortgani muhim omil bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari keng qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida ularning viloyat iqtisodiyotidagi ulushi izchil oshib, bugungi kunda 75 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda davlat idoralari faoliyati samaradorligini oshirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikka yanada keng imkoniyat berish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Urganch shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mehnat faxriysi S.Iskandarov, "Davsuvxo‘jaliknazorat" davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha inspektori K.Ortiqov, Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova, mehnat faxriysi J.O‘tamov, mehnat faxriysi A.Vapayev, Xonqa pedagogika va sport kolleji o‘quvchisi Z.Ismoilova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA