SHAXMATCHIMIZ OSIYO CHEMPIONATINING OLTIN MEDALI SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mo‘g‘ulistonda shaxmat bo‘yicha eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Sirojiddin Zayniddinov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, sportchimiz nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat yo‘nalishidagi bahslarida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.
Iqtidorli shaxmatchimiz S.Zayniddinov eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida ikki karra jahon chempionidir. U 2004-yili Germaniya va 2008-yili Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.