SHHT BOSH KOTIBI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 15-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ShHT kun tartibi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir O‘zbekiston raisligi doirasida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHTning asosiy tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida habar berdi.
ShHT Bosh kotibi O‘zbekistonning joriy raisligi va Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar tashkilotning 15 yillik tarixida muhim bosqich nuqta bo‘lishi va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kerakligini ta’kidladi.