SHHT BOSH KOTIBI: “O’ZBEKISTONDAGI PREZIDENT SAYLOVLARI BUTUN MINTAQADA VA SHHT MAKONIDA KATTA AHAMIYATGA EGA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov TASS axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida shu yil dekabr oyida bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari haqidagi fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
R.Alimovning ma’lum qilishicha, joriy yil 18-sentabr kuni ShHT Bosh kotibining nomiga O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasidan taklifnoma kelgan. Unda 2016-yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashish taklifi o’z ifodasini topgan. Prezident yoki parlament saylovlari hamda referendumlarda Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan kuzatuvchilar missiyasi to’g’risidagi Nizomning 1-bandiga binoan, kotibiyat Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi bilan kelishgan holda mazkur missiyani tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
ShHTga a’zo davlatlar milliy muvofiqlashtiruvchilarining joriy yil Pekinda bo’lib o’tgan so’nggi majlisida O’zbekistonga missiya yuborishga qaror qilindi. Kotibiyat ShHT kuzatuvchilari missiyasini shakllantirish bilan bog’liq ishlarni boshladi.
“O’zbekistondagi Prezident saylovlari, eng avvalo, do’st o’zbek xalqi uchun, shuningdek, butun mintaqada hamda ShHT makonida katta ahamiyatga egadir, dedi ShHT Bosh kotibi. O’zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilishining boshida turgan, tashkilotning barpo etilishi hamda rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan va qo’shmoqda”.
“Biz O’zbekistonning ShHT faoliyatida bundan keyin ham faol ishtirok etishiga va uning ko’p tomonlama hamkorligimiz rivojiga yanada ko’p hissa qo’shishiga katta umid bog’laymiz”, dedi R.Alimov.
“Jahon” AA