Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHHT FAOLIYATI – JAMOATCHILIK NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHHT FAOLIYATI – JAMOATCHILIK NIGOHIDA

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolar Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining bo‘lib o‘tadigan majlisi haqida” mavzuida ekspress-so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovni o‘tkazishdan maqsad Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati, O‘zbekistonda ShHT Davlat rahbarlari kengashining 15-yubiley majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida mamlakatimiz aholisining fikrini o‘rganishdir.

So‘rov natijalari shundan dalolat beradiki, fuqarolarning aksariyati Shanxay hamkorlik tashkilotining nafaqat ShHTga a’zo davlatlar, balki butun dunyoda xavfsizlikni mustahkamlash, tinchlikni saqlash, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan samarali faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston aholisi ShHT Davlat rahbarlari kengashining yubiley sammiti aynan mamlakatimiz poytaxtida o‘tkazilayotgani bilan faxrlanadi.

Fuqarolar Prezidentimiz Islom Karimovga mintaqaviy hamkorlikning ko‘plab sohalarida ShHT faoliyatini yanada faollashtirishga doir samarali tadbirlar o‘tkazilayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirmoqda. So‘rov qatnashchilari mazkur uchrashuvda qabul qilinadigan qarorlar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muhim voqea bo‘lishiga ishonadi.

Ekspress-so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarimizning ko‘pchiligi (92,1 foizi) ShHTni eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan, deb hisoblaydi. Ushbu xalqaro tuzilma terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy savdosi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolarning ta’kidlashicha, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda tashkilotga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorligini tartibga soladigan mustahkam huquqiy baza ishlab chiqilgan. So‘rov natijalari shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz aholisi Prezidentimiz tomonidan ShHT faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarni yuksak baholaydi. Jumladan, O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining har yili o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlari tashabbuskori bo‘ldi.

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, savdo-iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhit muhofazasi va madaniy-gumanitar soha ShHT faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.

Tadqiqot davomida jamoatchilikda ShHT mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, tashkilotga a’zo barcha davlatlar uchun ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amaliy mexanizmga aylangani haqida fikr qaror topgani va uning ahamiyati yanada ortishi aniqlandi.

Ishtirokchilarning fikricha, bo‘lib o‘tadigan sammit yilning eng muhim siyosiy voqealaridan biri bo‘ladi. Fuqarolarimiz poytaxtimizda ShHT yubiley sammiti arafasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga nisbatan ijobiy fikr bildirmoqda. “Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sizga yoqadimi?” degan savolga so‘rov qatnashchilarining qariyb 81,5 foizi ijobiy javob berdi. Ularning fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlarining uchrashuviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda va ular poytaxtimiz qiyofasi kun sayin o‘zgarib borayotganidan mamnun.

Ekspress-so‘rov qatnashchilari “Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi yuksak saviyada tashkil etilayotgani” mehmonlarda katta taassurot qoldiradi, degan fikr bildirgan.

Ijtimoiy so‘rov natijalari fuqarolarimiz Prezidentimiz rahnamoligida ShHT kabi nufuzli xalqaro tuzilma doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashqi siyosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashini namoyish qildi. Yurtdoshlarimiz ShHTning Toshkentda o‘tadigan 15-sammiti unga a’zo davlatlarning o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlash, O‘zbekistonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga ko‘maklashishiga ishonadi.

O‘zA