SHHT ISHBILARMONLAR KENGASHI BOSHQARUVI MAJLISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda 23-iyun kuni O‘zbekiston raisligida ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda ShHT Bosh kotibi R.Alimov, ShHT Ishbilarmonlar kengashi Ijrochi kotibi S.Kanavskiy, shuningdek, ShHT Ishbilarmonlar kengashi milliy qismlari raislari – O‘zbekiston Respublikasidan A.Shayxov, Qozog‘iston Respublikasidan R.Batalov, Qirg‘iziston Respublikasidan M.Sharshekeyev, Xitoy Xalq Respublikasidan X.Meytsin, Rossiya Federatsiyasidan S.Katirin va Tojikiston Respublikasidan S.Sharif ishtirok etdi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Ishbilarmonlar kengashi 2006-yilning 14-iyunida ta’sis etilgan bo‘lib, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmon va moliyaviy doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida ShHTga a’zo davlatlarning biznes hamjamiyatlari vakillarini birlashtirgan nodavlat tuzilmadir.
ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi majlisida O‘zbekiston o‘z raisligi davrida ShHTga a’zo davlatlar manfaatlariga mos keladigan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlash prinsiplariga qat’iy rioya qilgani, xalqaro maydonda tashkilot nufuzini muttasil oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, ShHT mamlakatlari bozorlariga xaridorgir sanoat mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni kengaytirish, savdo munosabatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha qulay sharoitlar yaratish va bu borada boshqa tadbirlarni amalga oshirish tarafdoridir. Shuningdek, ShHT davlatlari o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik tubdan rivojlantirilishiga, muhim tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyiha va dasturlar amalga oshirilishiga ishonadi.
Ishtirokchilar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda chet el investitsiyalarini jalb qilish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, boshqarishning ilg‘or tizimlari keng joriy etilayotgani, shuningdek, mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda jahon bo‘ylab yetkazib berish jarayoniga mahalliy kompaniyalarni jalb etishga qaratilgan choralar ko‘rilayotganini alohida ta’kidladi.
Majlisda ShHT Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini rivojlantirish istiqbollari, xususan, mintaqa davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yaqin istiqbolda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, transport va logistika, innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ko‘rgazma-yarmarkalar faoliyati, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa turli sohalardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning yanada rivojlanishiga ko‘maklashish uchun qo‘shma tadbirlar tashkil etish, biznes vakillarining ShHT davlatlarida o‘tkaziladigan yirik xalqaro forumlar, ko‘rgazma va yarmarkalarda muntazam ishtirok etishini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
O‘zA