SHHT KOTIBIYATIDA HINDISTON VA POKISTON ELCHILARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 1-mart kuni Pekin shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov XXRdagi Hindiston Republikasi Elchisi Vidjay Goxale va Pokiston Islom Respublikasi Elchisi Masud Xalid bilan uchrashdi.
ShHTga a’zo davlatlarning Ufa shahridagi (Rossiya) Davlat rahbarlari kengashi qarorini amalga oshirish doirasida diplomatik missiyalarning boshliqlariga ShHTga a’zo davlat maqomini olish borasidagi Hindiston va Pokistonning majburiyatlari haqidagi Memorandumlarning loyihalari topshirildi.
Bo‘lajak Toshkent sammitida mazkur Memorandumlarning imzolanishi davlat rahbarlari uchrashuvining muhim amaliy yakunlaridan biri va bu yil 15 yilligini nishonlayotgan ShHTning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda ShHTga a’zo davlatlarning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakillari ham ishtirok etishdi.