Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHHT MATT IJROQO‘MI BINOSIDA HINDISTON VA POKISTON DAVLAT BAYROQLARI KO‘TARILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHHT MATT IJROQO‘MI BINOSIDA HINDISTON VA POKISTON DAVLAT BAYROQLARI KO‘TARILDI

2017-yilning 15-iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasining binosida ShHTning yangi a’zo davlatlari – Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi davlat bayroqlarini ko‘ratishga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, ShHT MATTning rasmiy vakillari, xorijiy davlatlarning elchilari, O‘zbekiston va chet el OAV muxbirlari ishtirok etdi.

Marosimda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nasirov nutq so‘zladi. U birinchi navbatda tadbir ishtirokchilarini muhim sana – “ShHT kuni” bilan tabrikladi. Bundan 16 yil avval aynan shu kuni Shanxayda olti davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolashgan edi.

A.Nasirov qayd etdiki, “Toshkent sammiti yakunlariga ko‘ra imzolangan memorandumlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 9-iyun kuni Ostonada davlat rahbarlari Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga teng huquqli a’zo sifatida qo‘shilishi to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qabul qilishdi.

Quvonarlisi shundaki, aynan ShHT kunida biz ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi hududida yangi a’zo davlatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida ishtirok etmoqdamiz. Bugun Pekin shahridagi ShHT Kotibiyatida ham xuddi shunday tadbir o‘tkazilmoqda.

Qadrli do‘stlar! Hindiston va Pokistonning jahon maydonidagi ulkan salohiyatlari hisobga olinsa, ularning ShHT faoliyatidagi ishtiroki mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, transport, investitsiya, turizm jabhalaridagi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlardagi aloqalar uchun prinsipial yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ishonamizki, bizning yangi hamkorlarimiz ham Mintaqaviy aksilterror tuzilmani rivojlantirish va mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shishadi.

ShHT faoliyatida a’zo davlatlarning teng huquqliligi o‘zgarmasdir va qarorlarni konsensus yo‘li bilan qabul qilinishi to‘g‘risidagi qoida buning aniq timsoli bo‘la oladi. Ushbu qoida Tashkilot butun konstruksiyasining “poydevori” va asosiy tamoyili hisoblanadi hamda u ShHT Xartiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Xartiya hamda Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga tayangan holda ShHT davlatlari o‘zaro ishonch, tenglik, maslahatlashuvlar, sivilizatsiyalar va madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish, shuningdek birgalikdagi taraqqiyotga intilishga asoslangan “Shanxay ruhiga” so‘zsiz amal qilishadi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni yechishda bloklar, mafkuralashgan va qarama-qarshi turish yondashuvlaridan holi bo‘lgan hamkorlik yo‘liga rioya qiladi.

So‘zim so‘nggida O‘zbekiston tomoni va ShHTdagi barcha hamkorlarimiz nomidan Hindiston bilan Pokistonni qutlashga hamda “Shanxay oilasiga xush kelibsiz” deyishga, ShHTning asosiy va tarmoq organlari ishini butkul yangi formatda tashkil qiluvchi ShHTning yangi raisi – Xitoy Xalq Respublikasiga omad tilashga ijozat bergaysizlar

O‘zbekiston, o‘z navbatida, Shanxay hamkorlik tashkilotining yanada rivojlanish va ravnaq topishi uchun har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor”.

www.mfa.uz